So’nggi yangiliklar

19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  3 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  6 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  3 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  1 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1

Tur muxlislari - Toshkentda Yangiliklar

Tur muxlislari - Toshkentda

Superliganing 2-turidan o'rin olgan uchrashuvlarda eng ko'p muxlis to'plagan o'yin sifatida Toshkent derbisi etakchi bo'ldi.

"Bunyodkor" - "Paxtakor" o'rtasidagi Toshkent derbisini kuzatish uchun stadionga 18770 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.

Bu ko'rsatkich turdagi eng yaxshi natijaga aylandi. SHu boisdan ham turning eng faol muxlislari sifatida toshkentlik ishqibozlarni qayd etdik.

Bu borada ikkinchi o'rin Qarshidagi o'yinda kuzatildi. "Nasaf" - "So'g'diyona" uchrashuvida 11232 tomoshabin tashrif buyurdi. Termizdagi "Surxon" - "Dinamo" bellashuvida 9214 nafar muxlis keldi. To'rtinchi ko'rsatkich sifatida Navoiydagi o'yin kiritildi. "Qizilqum" - AGMK o'yinini 7833 nafar ishqiboz bevosita stadiondan kuzatib bordi. Farg'onada o'tgan "Qo'qon-1912" - "Andijon" bahsida 6651 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bekoboddagi yomg'irli o'yin "Metallurg" - "Buxoro" uchrashuvida 4178 nafar tomoshabin keldi.

SHuningdek, ikkinchi tur doirasidagi "Lokomotiv" - "Navbahor" uchrashuvida atigi 4118 nafar muxlislar tashrif buyurdi va bu borada eng kam ko'rsatkich aynan chempion jamoa ishtirokidagi bahsda kuzatildi.

SHu tariqa Superliganing 2-turi uchrashuvlarida jami 61996 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Bu o'rtacha har bir o'yinga 8856 nafar tomoshabindan to'g'ri kelmoqda.

Superliga, 2-tur: Aktamovning haloskori - Elguja, uch xil natija bo'yicha yagonalikni saqlab turgan jamoalar va boshqa tafsilotlar haqida (tur sharhi) 

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика