Tur murabbiyi - Sergey Lushan

Tolibjon Qosimov
1 may 2018, 12:38
Superliga 9-tur laureatlarini e'lon qilishda davom etamiz.

Tur sensaciyasi Qarshida kuzatildi. Shu kungacha Superligada yutqazmayotgan yagona klub bo'lib turgan "Nasaf" o'z maydonida "So'g'diyona"ga mag'lub bo'ldi. Sergey Lushan boshchiligidagi jizzaxliklar safardagi ilk g'alabalarini qo'lga kiritishdi.

Autsayderlardan bo'lib turgan jamoaning safarda yetakchilardan biri bo'lib turgan klubni taslim etganini inobatga olgan holda "So'g'diyona" ustozi Sergey Lushan tur murabbiyilikka loyiq ko'rildi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia