Tur murabbiyi - Ilhom Mo'minjonov
07 may 2018 15:02
Yangiliklar


Tur murabbiyi - Ilhom Mo'minjonov
Superliganing 10-turida "Navbahor" jamoasi Buxorodan g'alaba bilan qaytish baxtiga muyassar bo'ldi.
Superliganing 10-turida Buxoroda "Buxoro" mehmoni bo'lgan "Navbahor" juda muhim g'alabani rasmiylashtirdi. Ilhom Mo'minjonovning uchrashuvga tayyorlagan taktik rejasi to'liq ish berdi. Buxoroda hozirga qadar hech bir jamoa Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi "Buxoro"ni mag'lubiyatga uchrata olmayotgan edi. Ilhom Mo'minjonov esa ushbu mushkul vazifani uddaladi.
SHu tariqa Ilhom Mo'minjonov "Navbahor"ni nafaqat uy jamoasi, balki safarda ham muhim o'yinlarda g'alaba qozona olishi mumkinligini ko'rsatdi.
Ilhom Mo'minjonov Superliganing 10-turida eng yaxshi murabbiy deya etirof etildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar