Tur murabbiyi - Hamidjon Aktamov
02 apr 2018 10:43
Yangiliklar
Tur murabbiyi - Hamidjon Aktamov
Jizzaxda o'tgan "So'g'diyona"ga qarshi bahsda ishonchli o'yini orqali mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Tarkibdagi bir qator yo'qotishlarga qaramasdan Aktamov ushbu uchrashuvda jamoasini yaxshi tayyorladi. Jamoa sardori Erkin Boydullaev, hujumchi Andrey Sidorovlarning yo'qligi "Qizilqum" uchun katta yo'qotish edi. SHuningdek, o'yin avvalida Boydullaevning o'rnida harakatlangan Alisher Sanoev ham kutilmaganda jarohat olib maydonni tark etgandi. Ammo ushbu yo'qotishlarga qaramasdan Aktamov kerakli o'zgarishlarni amalga oshira oldi va yakunda muhim g'alaba bilan uyga qaytishga muvaffaq bo'ldi. Murabbiy qo'l urgan o'zgarishlari natijasida bellashuvda xet-trik qayd etgan turning eng yaxshi futbolchisi Elguja Grigalashvili dastlab o'yinni hujumchi ortida boshlagandi. Ammo tanaffusdan so'ng Aktamov ushbu futbolchini Doniyor Usmonov bilan o'rnini almashtirdi. Yani Elguja Grigalashvili ikkinchi taymda hujumchi ortida emas, balki hujumkor vinger sifatida chap qanotda o'ynadi. Buning samarasi ularoq gruziyalik futbolchi o'z qanotidan hujumlarni keskinlashtirdi va raqib darvozasi tomon uch marotaba yo'l topishga muvaffaq bo'ldi.
SHu tariqa Hamidjon Aktamov Superliganing 4-turining eng yaxshi murabbiy deb topildi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar