So’nggi yangiliklar

10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  1 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  1 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  8 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7

Tur laureatlari aniqlandi Yangiliklar

Tur laureatlari aniqlandi

Saytimiz ananasiga muvofiq Superliga 3-turining eng yaxshi futbolchilarini aniqladi.

Tur darvozaboni - Murodjon Zuhurov

Tur darvozaboni deya "Bunyodkor" kiperi Murodjon Zuhurov topildi. To'g'ri, posbon "Navbahor"ga qarshi bahsda o'z darvozasidan ikkita gol o'tkazib yubordi. Biroq Zuhurov mazkur turda eng ko'p seyv amalga oshirgan va bahsning hal qiluvchi pallasida darvozasi tomon belgilangan ikkinchi penaltini bartaraf etib, jamoasiga muhim g'alabani taqdim etdi. SHu boisdan ham Farg'onadagi "Bunyodkor"ning g'alabasida munosib hissa qo'shgan kiper Murodjon Zuhurov turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.


Tur murabbiyi - Andrey Miklyaev 

Termizning "Surxon" jamoasi mazkur turda ilk bor safarga chiqdi va Jizzaxda "So'g'diyona"ni tor-mor keltirdi.

Yangi tuzilgan jamoa, ilk safar va yirik g'alaba. Albatta mazkur g'alabada "Surxon" bosh murabbiyi Andrey Miklyaevning xizmatlari yuqori bo'ldi. Aynan uning o'yinga tayyorlagan taktik rejasi to'liq ish bergani tufayli jamoa ishonchli g'alabani tantana qildi. SHu boisdan ham Andrey Miklyaev tur murabbiy sifatida etirof etildi.



Tur futbolchisi - Zafar Polvonov

AGMK hujumchisi Zafar Polvonov "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinda Superligadagi ettita jamoa 3ta turda urgan gollaridan ko'proq to'p kiritishni uddaladi.

Mazkur turda AGMK - "Qo'qon-1912" (7:1) 5ta gol urib penta-trik qayd etgan Polvonov to'purarlar poygasida yakka peshqadamga aylanib oldi. SHuningdek, hujumchi gol urish borasida nafaqat futbolchilar, balki "Navbahor", "Qo'qon-1912", "Andijon", "So'g'diyona", "Buxoro", "Dinamo" va "Metallurg" kabi jamoalaridan ham o'zib ketdi.

So'nggi bor O'zbekiston chempionatida penta-trik 2006 yilgi mavsumda kuzatilgandi.

O'sha mavsumda bir yo'la uch futbolchi bir o'yinda beshta to'p kiritishni uddalagan: "Neftchi" hujumchisi Nosirbek Otaqo'ziev, "Dinamo" vakili Hamdam Rahmonov va "Navbahor" legioneri Orif Mirzoev 2006 yilgi mavsumda penta-trik muallifiga aylanishgandi.

SHu tariqa Polvonov 12 yillik tanaffusdan so'ng O'zbekiston chempionatida bir o'yinda beshta gol urishni uddaladi.

Olmaliqda o'yinda benefisini o'tkazgan Zafar Polvonov shubhasiz turning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.


Superliga: G'alaba tamini sezmayotgan vodiy jamoalari, AGMK hamda Polvonov uchun fantastik tur va boshqa tafsilotlar (tur sharhi) 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика