So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  0 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  2 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Tunda uyqu yo'q! Italiya kubogi finalini ko'ramiz! Yangiliklar

Tunda uyqu yo'q! Italiya kubogi finalini ko'ramiz!

Teglar :  ItaliyaYuventus
Bugun Italiya kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.


Bu yilgi finalda ham o'tgan yilgidek "Yuventus" hamda "Lacio" jamoalari to'qnash kelishadi.

Italiya kubogi finali aslida 2 iyun kuni o'tkazilishi kerak edi. Ammo "Yuventus" jamoasi ECHL finaliga yo'l olgani munosabati bilan Italiya Kubogi finalining sanasi o'zgardi. SHu boisdan final uchrashuvi ko'pchilik kutganidek 2 iyun kuni emas, bugun bo'lib o'tadi.

"Yuventus" jamoasi Italiya kubogini qo'lga kiritish (11) bo'yicha rekorchi sanaladi.
"Lacio" esa Italiya kubogida 6 marotaba zafar quchgan.
Allegri kelganidan keyin "Yuventus" ketma-ket ikki yil Italiya kubogi finaliga chiqdi va hal qiluvchi bellashuvlarda g'alabaga qo'lga kiritdi. Xususan o'tgan yilgi bahsda turinliklar aynan "Lacio"ni mag'lubiyatga uchratib bosh sovringa ega chiqishgandi.



"Lacio" esa aynan o'tgan yilgi final uchun ham bugun revansh olishga urinib ko'radi.
Rimliklar 2013 yildan buyon "Yuventus"ni barcha musobaqalarda mag'lubiyatga uchratish choralarini topa olishmayapti. So'nggi bor "Lacio" "Yuve"ni aynan 2013 yili, Italiya kubogi doirasidagi o'yinda taslim etgandi.
Simeone Inzagi qo'l ostidagi jamoa ushbu noxush ananani buzishga, o'z muxlislari qarshisida Italiya kubogini qo'lga kiritishga bor kuchlarini sarf etishga harakat qilishlari aniq.
"Yuventus" uchun joriy mavsum ancha ko'tarinki ruhda o'tmoqda. Jamoa barcha musobaqalarda finishga qadar etib keldi. Qolgan uchta o'yin Allegri shogirdlari uchun haqiqiy finalga aylanadi. Bugungi uchrashuvdagi g'alaba ularga Italiya kubogini, keyingi "Krotone"ga qarshi chempionat doirasidagi bahs chempionlikni, 3 iyundagi final esa ECHL kubogini taqdim etishi mumkin.
Buning uchun esa "Yuve" kuchli o'ynashi va kuchlarni to'g'ri taqsimlay olish darkor. Allegri uchun nihoyat muhim palla yaqinlashgan. Tarkibdagi muammolar tufayli ham Allegri bugun asosiy futbolchilarni qo'yib tavakkalga qo'l urolmaydi.

CHunki oldinda Italiya kubogi finalidan ham muhimrok o'yin turibdi. Lekin bu narsa "Yuventus"ni Italiya kubogi uchun kurashmaydi, finalga jiddiy yondoshmaydi, degan fikrni ilgari surishdan yiroqmiz. Evropada faqat "Yuventus" "trebl" qayd etish imkoniyatiga ega. Aynan mana shu jihatdan "Yuventus"ni final oldidan ruhlantirishi lozim.



"Lacio" Simone Inzagi qo'l ostida ushbu mavsumda juda yorqin o'yin ko'rsatmoqda. Jamoa hujumkor, erkin futbol o'ynashni xush ko'radi.  Rimliklarning asosiy "qurollari" - CHiro Immobile hamda Keyta Balde. Aynan mana shu ikki hujumda harakat qiladigan futbolchilarga ko'p narsa bog'liq.

Rimda, "Olimpiko" stadionda o'tadigan final muxlislarni aslo zeriktirib qo'ymasligi aniq.
Finalni boshqarish tajribali xushtak egasi Paolo Talyaventoga ishonib topshirilgan.

"Lacio" oltinchi kubok va o'tgan yilgi final uchun ham revansh olish uchun bugun "Yuventus"ni ranjitishga harakat qiladi.
"Yuve" esa ushbu mavsumdagi dastlabki sovrinni qo'lga kiritish, muhim uchrashuvlar oldidan jamoa kayfiyatini tushirib yubormaslik uchun ham bu finalga yanada ko'proq urg'u berishi lozim bo'ladi.

Qaysi jamoa g'olib bo'lishini taxmin qilish birmuncha qiyin. Ammo shunisi aniqki, bugungi finaldan muxlislar aniq yutishadi. Ayniqsa neytral muxlislar, chiroyli va shiddatkor futbol shaydolari uchun Rimdagi final yaxshi tuhfaga aylanadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика