Tudor “Xayduk”ni tark etdi va...
21 avg 2020 23:51
Yangiliklar
Tudor “Xayduk”ni tark etdi va...
Igor Tudor “Xayduk” jamoasi bosh murabbiyligini tark etdi va bundan buyon “Yuventus”da Andrea Pirloga ko'maklashadi.
Bu haqda Xorvatiya klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Tudor “Xayduk”ka qadar “Udineze” va “Galatasaray”ni boshqargan. U futbolchi sifatida faoliyatining katta qismini aynan “Yuventus”da (1998-2005)da o'tkazgan.
Pirlo 2011-2015 yillarda Turin klubi sharafini himoya qilib, 164 ta uchrashuvda maydonga tushgan, 19 ta gol urgan va 38 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
8 avgust kuni “Yuventus” Mauricio Sarri bilan kelishuvni bekor qilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar