Tripper jarohat sabab mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin
19 fev 2022 11:47
Yangiliklar
Tripper jarohat sabab mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin
"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau jamoa himoyachisi Kiran Tripper jarohati sabab 2021/22 yilgi mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkinligini aytdi.
"Kiranning mavsum so'nggiga qadar qaytishiga umid qilamiz, ammo uning jarohati jiddiyligi ayon. Bu jiddiy zarba, u ajoyib o'ynadi. Tripperning tiklanishi qanday o'tarkan, ko'ramiz.
Uning oldin foyda keltirgan maydondagi etakchilik qobiliyati bizga etishmaydi. Kiran so'nggi ikki o'yinda ikkita gol urdi va bu biz uchun muhim edi, ammo biz Tripperning o'rnini yopishimizga ishonchimiz komil", - deydi Xau.
Tripper "Nyukasl"ga yanvarda "Atletiko"dan o'tdi. 31 yoshli angliyalik jamoa tarkibida 5ta o'yinda 2ta gol urishga erishdi.
Fikrlar