Trent safdan chiqdi
09 jan 2024 20:31
Yangiliklar
Trent safdan chiqdi
"Liverpul" futbolchisi Trent Aleksandr-Arnold bir necha haftani jarohat sababli o'tkazib yuboradi.
Jamoa bosh murabbiyi Yurgen Kloppning yordamchisi Pep Leynders himoyachi "Arsenal"ga qarshi o'yinda tizzasi jarohatlanganini aytdi.
"Arsenal"ga qarshi o'yin vaqtida u tizzasini kuchli jarohatlab oldi, shuningdek, yon to'qimalarda ham kichik jarohat bor. U katta ehtimol bilan 3 haftani o'tkazib yuboradi.
Bu biz uchun jiddiy zarba bo'ldi, chunki u jamoaning muhim futbolchisi. U doimo o'yin tempiga kuch qo'shgan va asosiy harakatlarni bajargan. Hatto muvaffaqiyatsiz paytlarda ham vaziyatdan chiqib ketish yo'lini qiladi", - dedi Leynders.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar