Trent: "Liverpul" endi o'zgacha o'yin ko'rsatishi kerak"
15 mar 2023 00:10
Yangiliklar


Trent: "Liverpul" endi o'zgacha o'yin ko'rsatishi kerak"
"Liverpul" futbolchisi Trent Aleksandr-Arnold "Real"ga qarshi bahsda jamoasi o'zgacha o'yin ko'rsatishini kutmoqda.
15 mart oqshomida mersisaydliklar ECHL 1/8 finali doirasida "Real" mehmoni bo'ladi. Dastlabki bahsda "Enfild"da "Real" 5:2 hisobida g'alabaga erishgandi.
"Termalar bahslariga qadar birgina o'yin qoldi va bu biz uchun juda muhim. Ushbu o'yinni o'zgacha tarzda o'tkazishimiz kerak.
Tiklanish uchun vaqtimiz kam bo'lishini bilsak-da, "Real"ga qarshi o'yinda bor kuchimizni ishlatishimiz kerak. Agarda shunday bo'lsa, ilojsiz ishlarni ham amalga oshirish mumkin bo'ladi", - dedi Trent.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar