Trendda: 2022 yilda hammadan ko'p qimmatlashgan o'yinchilar
06 jan 2023 17:45
Yangiliklar
Trendda: 2022 yilda hammadan ko'p qimmatlashgan o'yinchilar
2022 yilda ko'plab ramziy futbol voqealari bo'lib o'tdi va ularning markazida shubhasiz o'yinchilar bo'ladi. Ulardan bazilari barqaror to'p tepishdi va hatto yangi darajaga chiqishdi, shu sabab transfer narxlari sezilarli darajada oshdi. Bugun biz 2022 yilda narxi hammadan ko'p qimmatlashgan futbolchilar haqida gaplashamiz.
Xvicha Kvaracxeliya (+44 mln evro; 60 mln)
2022/23 yilgi mavsum "Napoli", xususan Xvicha Kvaracxeliya uchun yorqin bo'ldi. Futbolchi o'tgan yozda neapolliklar safiga o'tdi va juda ham tez mahalliy muxlislar yuragidan joy oldi. Xvichaning yolg'iz o'zi "adzurri"ni chempionlik sari boshlamoqda deyish mumkin emas, ammo u aniq Luchano Spalleti jamoasining muhim o'yinchilaridan biri. 21 yoshli gruziyalik vinger joriy mavsum "Napoli" safida barcha musobaqalarda 23ta o'yinda 13ta gol va 13ta assist qayd etdi. SHu sabab Kvaracxeliyaning transfer bozoridagi narxi oshishi o'rinli.
Jamal Musiala (+45 mln evro; 100 mln)
Musiala Evropaning eng istiqbolli yosh o'yinchilaridan biri hisoblanadi. Unga nafaqat "Bavariya"da, balki butun Germaniyada katta umidlar qilinmoqda. 19 yoshli xavbek yoshligiga qaramay, Myunxen klubining muhim futbolchisi hisoblanadi. Jamal Yulian Nagelsmanning kelishi bilan juda yaxshi o'smoqda. Uning hisobida barcha musobaqalarda 12ta gol va 11ta assist bor. Transfermarkt portali Musialani 100 mln evroga baholamoqda. Lotar Matteus u yanada ko'proq turadi deb hisoblaydi va "rekordmaysterlar"ga o'yinchini har qanday narxga sotmaslikni maslahat beradi. Myunxenliklar ham shu fikrda va allaqachon yosh yarim himoyachi uchun yangi shartnoma tayyorlashmoqda.
Enco Fernandes (+50 mln evro; 55 mln)
Fernandes jahon chempionati boshlanguniga qadar unchalik mashhur emasdi. Ammo, Enco JCH-2022da yaxshi ishtirok etdi, Argentina terma jamoasi safida jahon chempioni bo'ldi va turning eng yaxshi yosh o'yinchisi nomiga sazovor bo'ldi. SHundan so'ng "Benfika" yarim himoyachisining narxi sezilarli darajada ko'tarildi. Transfermarkt 21 yoshli xavbekni 55 mln evro, Portugaliya klubi esa 120 millionga baholamoqda. Ekspertlarda yosh argentinalikning buncha pulga loyiqligi bo'yicha yagona fikr yo'q, ammo mish-mishlarga ko'ra, "CHelsi" "burgutlar"ning moliyaviy talablarini hoziroq qondirishga tayyor.
Antoni (+50 mln evro; 75 mln)
Antonining transferi 2022 yildagi eng qimmati bo'ldi. "Manchester Yunayted" o'tgan yozda "Ayaks"ga 95 mln evro to'ladi. Bu narx Transfermarkt baholayotganidan ancha farq qiladi. Katta ehtimol bilan niderlandiyaliklar uchun yana qandaydir bonuslar ko'zda tutilgan. Hozircha ushbu transferning o'zini oqlashi haqida gapirishga erta. Ammo, braziliyalik aniq MYUning hujum chizig'iga xilma-xillik qo'shdi. Antoni hozirda manchesterliklar safida 14ta o'yinda 3ta gol urdi. Yangi o'yinchi uchun yomon natija emas, ammo bunday narxdagi o'yinchidan tez orada ko'prog'ini talab qilishadi.
Yoshko Gvardiol (+50 mln evro; 75 mln)
Gvardiola bir qancha vaqtdan beri top-klublar kuzatuvi ostida turibdi. Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokdan so'ng unga bo'lgan qiziqish yanada oshdi. 22 yoshli markaziy himoyachi uchun "CHelsi", "Real" va "Manchester Siti" davogarlar hisoblanadi. "Leypcig" o'tgan yozda o'yinchini qo'yib yubormadi va hozir ham u bilan xayrlashishga shoshilmayapti. Ammo, katta ehtimol bilan, xorvatning top-klubga o'tishi – faqatgina vaqt masalasi. "Buqalar" endilikda bo'lajak transferdan qanday qilib maksimal foyda olish haqida o'ylashlari kerak.
Rafael Leau (+50 mln evro; 85 mln)
Leauning uzoq vaqt "Milan"da o'ynab keta olmadi, ammo keyinchalik tezlik bilan o'sishni boshladi. Futbolchi o'tgan mavsum "rossoneri"ning Italiyada chempion bo'lishida muhim rol o'ynadi. Bundan tashqari, Rafa A Seriyaning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi. Portugaliyalik joriy mavsumda ham yaxshi natijalar ko'rsatmoqda. 23 yoshli vinger "qizil-qoralar" safida barcha musobaqalarda 20ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 9ta assist qayd etdi. Hozirda Leauning kelajagi faol tarzda muhokama qilinmoqda. "Milan"dagi barcha, jumladan bosh murabbiy va texnik direktor unga shartnomani uzaytirishni tavsiya qilmoqda.
Orelen CHuameni (+50 mln; 90 mln evro)
CHuameni "Monako"da muhim o'yinchi edi, ammo Madridning "Real" jamoasida ham yo'qolib qolmadi. Yosh francuz kutilmaganda MYUga ketgan Kazemironing o'rnini munosib tarzda bosmoqda. 22 yoshli xavbek ko'p vaqt bo'lmaganiga qaramay, tezda La Ligaga moslashib ketdi va 2ta assist qayd etdi. "Qaymoqranglilar" yaxshi investiciya qilishdi. CHuameni yaxshi darajada ishtirok etmoqda, ammo unda hali rivojlanish uchun katta imkoniyat bor. "Blankos" o'yinchiga uzoq muddatli kelajakda ishonch bildirmoqda.
Gavi (+50 mln evro; 90 mln)
O'tgan yil Gavi uchun muvaffaqiyatli bo'ldi. Birinchidan, 18 yoshli xavbek "Barselona"ning birinchi jamoasida o'z o'rnini egalladi. Ikkinchidan, Golden Boy mukofotini oldi. Hozirda ko'plar munozara qilgan holda, ushbu mukofot Musialaga berilishii kerak edi deb hisoblaydi. Nima bo'lishidan qatiy nazar, "La Masiya" tarbiyalanuvchisi o'z jamoasining muhim o'yinchisi. Kataloniyaliklar futbolchiga ishonch bildirishmoqda, shu sabab u bilan uzoq muddatli shartnoma imzolandi. Ha, Gavida Ispaniya terma jamoasida ham yaxshi imkoniyat bor. Buyog'iga barchasi uning o'ziga bog'liq.
Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi
Fikrlar