So’nggi yangiliklar

12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  3 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  11 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  0 10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  3 09:50"Челси" "Барселона" футболчиси учун 150 миллион бермоқчи  5 09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  5 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  3 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  4 08:30"Машъал" етакчиларидан бири фаолиятини Тошкентда давом эттиради  2 07:59Скалони Мессининг 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок этиши ҳақида: У ўзи қабул қилиши керак бўлган қарорни қабул қилсин  5 07:29U-23 Осиё кубоги. Бугун Эронга қарши ўйнаймиз  11 02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  4 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  1

“Trastbank” jamoasi jiddiylashmoqda Yangiliklar

“Trastbank” jamoasi jiddiylashmoqda

Teglar :  Bank Trastbank
Qashqadaryo viloyat futbol federaciyasi yillik reja tavqimi asosida har yili annaviy tarzda viloyatdagi bank ishchi xodimlari o'rtasida jami 17 ta bank jamoalari o'rtasida viloyat banklar chempionati o'tkazilib kelmoqda.

Mazkur musobaqada jamoalar ikki guruhga bo'lingan holda, Qarshi shahridagi suniy qoplamali futbol maydonlarida tur uchrashuvlarini o'tkazishmoqda.

Banklar ligasining ikki guruhida ham  6-turidan o'rin olgan bir qator uchrashular bo'lib o'tdi.  “A” guruhidagi turnir jadvalining yaqqol peshqadami “Trast bank”- “Qishloq qurilish bank” bilan o'yinda muxlislariga “gollar-shousi”ni taqdim etgan bo'lsa, “B” guruhidagi yaqqol favoriti  “Sanoat qurilish” jamoasi “Asia allians” ustidan yirik 6-1 hisobida g'alabaga erishdi. “A” guruxida“Trast bank” jamoasi  6-turdan keyin 18 ochko jamg'argan holda,  turnir jadvalida mag'lubiyatga uchramagan yagona jamoa sifatida karvonboshlik qilmoqda. “B” guruhida ham tur uchrashuvlari ham qizg'in pallaga kirgan “Sanoat qurilish bank” jamoasi guruxida  10 ochko bilan ustunlikni saqlab turibdi.   

6-turning natijalari:
“A” guruh
“Qishloq qurilish bank”-“Trast bank”  1:13  
“Ipak yo'li bank”-“Savdogar” 5:2
“Agrobank”-“Milliy bank” 2:2

“B” guruh
“Aloqa bank”-“Hamkor bank” 7:5
“Sanoat qurilish bank”-“Asia allians”  6:1
“Markaziy bank”-“Mikrokredit bank” 2:3
“Ipoteka bank”-“Halq bank” +:-

 Joriy mavsumda ajoyib o'yinlari bilan ko'pchilikni ajablantirayotgan har ikki jamoa o'rtasidagi uchrashuvlarning  qanday hisobda yakunlanishlarini bashorat qilish qiyin edi. Boisi,har ikki bank jamoasi “chaqilmas yong'oq” sirasiga kiradi. Bundan tashqari, bahs principial ahamiyatga ham ega edi. Sababi, ayni paytda “Trast “chilar  safida  to'p so'rayotgan jumladan, Dilshod  Donaev va  SHerzod Ulug'murodovlar o'tgan mavsumda ham sermahsul o'yinlari bilan jamoani munosib himoya qilishgandi.Qisqasi, ikki jamoa ham g'alabani ko'zlagan holda maydonga tushdi.

 Turning markaziy uchrashuvi  “Trast bank”- “Qurilish bank”jamoalari  o'rtasidagi bahs  keskin va shiddatli ko'rinish oldi. O'yin avvalida tajribali “Trast “ning yarim himoyachisi Dilshod Donaev va hujumchi SHerzod Ulug'murodovlar raqiblar darvozaboniga yaqqol havf tug'dirishdi. Natijada  “Trast “ning asosiy taqibchisi –“Qishloq qurilish bank”jamoasi raqiblaridan qaqshatgich tarzda mag'lubiyatga uchrashdi.  “Trast “chilar  tajriba bobida raqiblaridan ancha ustun ekanligi  isbotlashdi. Ular  “Qishloq qurilish bank” darvozasini  naqd  13 bor ishg'ol etishdi. “Qishloq qurilish bank” esa faqatgina bir to'p bilan javob qaytara oldi.

Viloyatning ko'p karra chempioni “Trast bank” jamoasi  tarkibi:
Sanjar Akbarov, Otabek Karimov, Otabek Xidirov, Orif Haydarov, SHerzod Ulug'murodov, Akbar Ashurov, Ahror Inoytullaev, Javohir Abdurahimov,  Dilshod Donaev.
Jamoa to'purarlari:  Dilshod Donaev, SHerzod Ulug'murodov.

Faxriddin CHoriev.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика