So’nggi yangiliklar

14:40Санчо Рэшфорднинг "Астон Вилла"га ўтганига муносабат билдирди  0 14:28ПФЛга мурожаат. Про лигадаги сукунат қачон тугайди?  0 14:11"Сурхон" ПФКга янги Бош директор тайинланди  0 13:23"Фулхэм" "Рома" футболчисини ижарага олмоқчи  0 12:55"Ал Гарафа" - "Пахтакор". Ўзаро ўйинларда устунлик Қатар клубида  6 12:37Жон Стоунз: "Арсенал"га қарши ўйин учун мухлислардан кечирим сўрайман"  2 12:13Аёллар футзали. Ўзбекистон терма жамоаси CAFA мусобақасини Эронга қарши ўйин билан бошлайди  0 11:57Хосеп Гвардиола Ҳусановнинг вазияти ҳақида гапирди   14 11:29"Насаф" Туркияга учиб кетди  2 10:52Рамос янги жамоасида қанча ойлик олиши маълум  2 10:19«Навбаҳор» футболчилари Суперлига-2025 қуръаси ҳақида фикр билдирди  2 09:45Клаудио Раньери кечаги учрашувда нега асосий таркибда ўзгаришлар қилганини тушунтириб берди  13 09:13Sofascore. Кечаги учрашувда «Ман Сити» ҳимоячилари неча баҳо олишди?  16 08:40Sofascore. Шомуродов ва унинг жамоадошлари «Наполи»га қарши неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:13Расман. Маркус Рэшфорд МЮдан кетди  13

[TRANSLATE] Olimpiada sari harakat. Ettinchi urinish. Tokio-2020 Yangiliklar

[TRANSLATE] Olimpiada sari harakat. Ettinchi urinish. Tokio-2020

O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Olimpiada sari ettinchi urinishi ham muvaffaqiyatsiz chiqdi.

2020 yilning 8-26 yanvar kunlari Tailandda hisob bo'yicha to'rtinchi U-23 Osiyo chempionati tashkil qilindi va musobaqa Olimpiada yo'llanmasi uchun o'tkazildi. Musobaqa yakuniga ko'ra, uchta jamoa Tokio-2020 yo'llanmasiga ega chiqdi: Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va Avstraliya. Afsuski, biz bu musobaqada to'rtinchi o'rinni olib, Olimpiya o'yinlariga borishimizga yana bir qadam etmay qoldi. 

Osiyo chempionatiga saralash

Navbatdagi U-23 qita birinchiligiga saralash jamoalarni 11ta guruhga bo'lingan holda olib borildi. Har bir guruh bahslari markazlashgan tartibda alohida mamlakatda o'tkazildi. Musobaqa reglamentiga ko'ra, 11ta guruh g'olibi hamda eng yaxshi beshta ikkinchi o'rin egasi - jami 16 jamoa Osiyo chempionatida o'ynash imkoniga ega bo'ldi.

O'zbekiston U-23 saralash o'yinlarini Toshkentda o'tkazib, guruhda Tojikiston va Hindistonga qarshi maydonga tushib, 4 ochko bilan guruh g'olibi sifatida U-23 Osiyo chempionati yo'llanmasiga ega chiqqandi.

22.03.2019. Hindiston - O'zbekiston 0:3

Gollar: Islom Qobilov, 45+1 penalti. Bobir Abduxoliqov, 78, 83. 

26.03.2019. O'zbekiston - Tojikiston 0:0


U-23 Osiyo chempionati 

Aytib o'tganimizdek, Tailandda o'tkazilgan U-23 Osiyo chempionati Olimpiada yo'llanmasi uchun o'ynalgan. Bunda ham 16ta jamoa ishtirok etib, jamoalar 4tadan 4 guruhga bo'lingan. 

"A" guruhi: Avstraliya, Tailand, Iroq, Bahrayn. 

"B" guruhi: Saudiya Arabistoni, Suriya, Qatar, Yaponiya. 

"C" guruhi: Janubiy Koreya, O'zbekiston, Eron, Xitoy. 

"D" guruhi: BAA, Iordaniya, KXDR, Vetnam. 


Vakillarimiz guruh bahslarini 9 yanvar kuni Eronga qarshi bahs bilan boshlashgan.

09.01.2020. O'zbekiston - Eron 1:1

Gol: Islom Qobilov, 40 penalti. 

12.01.2020. Xitoy - O'zbekiston 0:2

Gollar: Islom Qobilov, 45+3 penalti.

15.01.2020. O'zbekiston - Janubiy Koreya 1:2

Gol: Bobir Abduxoliqov.

 

Olimpiyachilarimiz guruhda Janubiy Koreyadan so'ng ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l olishgandi. CHorak finalda futbolchilarimiz BAAni 5:1 hisobida mag'lub etishgan. 

19.01.2020. BAA - O'zbekiston 1:5

Gollar: Ilhom Alijonov, 16. Islom Qobilov, 26 penalti. Oybek Bozorov, 41. Jasur Yaxshiboev, 84. Nurillo To'xtasinov, 90+3. 

Yarim finalda g'alaba qozongan jamoalarning Olimpiadaga yo'llanma olishi aniq edi. Lekin afsuski, biz bu bosqichda Saudiya Arabistoniga 0:1 hisobida yutqazib qo'yganmiz. Garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsak-da, uchinchi o'rin uchun bahsda g'alaba qozonib ham Olimpiya o'yinlariga borishimiz mumkin edi, biroq bu safar Avstraliyaga 0:1 hisobida engilganmiz. Finalda Janubiy Koreya Saudiya Arabistonini mag'lub etib, o'z tarixida ilk bor U-23 Osiyo chempionatida zafar quchgan.

Xulosa o'rnida

Ko'rib turganingizdek, 2020 yilgi U-23 Osiyo chempionatida ikki bor Olimpiadaga yaqin kelganmiz. Yarim finalda g'alaba qozonib, yoki bo'lmasa uchinchi o'rin uchun bahsda yutib ham o'z maqsadimizga erishishimiz mumkin edi. Lekin har ikki o'yindagi mag'lubiyat bizni azaliy orzudan mosuvo qilgan. O'sha musobaqada jamoamizni serbiyalik murabbiy Lyubinko Drulovich boshqargandi. Tabiiyki vazifa uddalanmaganidan so'ng jamoa Toshkentga qaytib kelgach, Drulovich ishtirokida oxirgi matbuot anjumani o'tkazilib, murabbiy istefoga chiqarilgan. 


U-23 Osiyo chempionatida qatnashgan tarkib

Darvozabonlar

Abduvohid Nematov ("Nasaf")

Mashhurbek Muhammadjonov ("Nasaf")

Nizomiddin Ziyavutdinov (AGMK)  

Himoyachilar

Islom Qobilov ("Bunyodkor")

Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor")

Abdulla Abdullaev ("Bunyodkor")

Dilshod Saitov ("Nasaf")

SHarof Muhitdinov ("Nasaf")

SHerzod Nasrullaev ("Nasaf")

Oybek Rustamov ("Qo'qon-1912")

Husniddin Aliqulov ("Nasaf")

Yarim himoyachilar

Aziz G'aniev ("Nasaf")

Nurillo To'xtasinov ("Bunyodkor")

Jasur Yaxshiboev (AGMK)

Abror Ismoilov ("Surxon")

Azizbek Amonov ("Lokomotiv")

Islom Kenjaboev ("Nasaf")

Doston Ibragimov ("Qizilqum")

Ilhom Alijonov ("Navbahor")

Sanjar Qodirqulov ("Bunyodkor")

Oybek Bozorov ("Nasaf")

Hujumchilar

Bobir Abduxoliqov ("Nasaf")

Mirjahon Mirahmadov ("Bunyodkor")


P.S. Tokio-2020 Olimpiadasida futbol musobaqasi 22 iyul - 7 avgust oralig'ida o'tkaziladi. 

"A" guruhi: Yaponiya, JAR, Meksika, Franciya. 

"B" guruhi: Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya, Gonduras, Ruminiya. 

"C" guruhi: Misr, Ispaniya, Argentina, Avstraliya. 

"D" guruhi: Braziliya, Germaniya, Kot-D'Ivuar, Saudiya Arabistoni.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика