So’nggi yangiliklar

09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  1 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчига таклиф билан чиқди  0 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  1 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  2 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  3

Transfermarkt: Endi O'zbekiston Superligasida 1 million va undan qimmat narxli 6 futbolchi bor Yangiliklar

Transfermarkt: Endi O'zbekiston Superligasida 1 million va undan qimmat narxli 6 futbolchi bor

Teglar :  Transfermarkt
Transfermarkt portali O'zbekiston Superligasi va Pro ligasida o'ynayotgan futbolchilarning narxlarini yangiladi.

Superliganing eng ko'p narxi ko'tarilgan futbolchi "Nasaf" posboni Abduvohid Nematov bo'ldi. Darvozabon "Nasaf"da ajoyib mavsum o'tkazdi:  Superligada 25 ta o'yinda 16 ta gol o'tkazdi va 14 ta uchrashuvda raqiblar uning darvozasiga yo'l topa olishmadi. Bundan tashqari Nematov 2 ta penaltini aniq amalga oshirdi. Uning narxi 600 ming evroga ko'paydi.


Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Lyupcho Doriev ("So'g'diyona") va Abdug'afur Haydarov ("Surxon")ning narxlariga 300 ming evrodan qo'shildi.

"Dinamo" safida sermahsul mavsum o'tkazgan Joel Kojoning narxi 250 ming evroga ko'paydi.

SHerzod Nasrullaev ("Nasaf"), Islom Qobilov va Vladimir Yovovich (ikkisi "So'g'diyona"), Xislat Halilov ("Dinamo"), Bilolxon Toshmirzaev ("Neftchi"), Eldor Adhamov ("Andijon") va Nodir Soyibov ("So'g'diyona") kabi futbolchilarning narxi 200 ming evrodan oshdi.




Narxi eng ko'p kamaygan top-10 futbolchilar:
1) Sardor Sobirxo'jaev ("Paxtakor") - 200 ming evro;
2) Ibrohim Yo'ldoshev ("Navbahor") - 200 ming evro.
3) Dilshod Saitov ("Paxtakor") - 150 ming evro;
4) Asadbek Sobirjonov ("Metallurg") - 150 ming evro;
5) Timur Mamasidiqov ("Lokomotiv") - 150 ming evro;
6) Mirjahon Mirahmadov ("Bunyodkor") – 125 ming evro;
7) Sardor Mirzaev (OKMK) - 125 ming evro;
8) Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor") - 100 ming evro;
9) Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor") - 100 ming evro;
10) Azizbek Amonov ("Neftchi") - 100 ming evro.




Superligada eng qimmat futbolchi nomini "Nasaf" darvozaboni Abduvohid Nematov Hamrobekovdan olib qo'ydi. "Nasaf" va O'zbekiston milliy terma jamoasi azosining narxi hamon 1,5 million evroga etgani haqida yuqorida yozdik. Ikkinchi o'ringa "Nasaf" bilan chempion bo'lgan yana bir futbolchi Akmal Mozgovoy chiqib oldi - 1,3 million evro. Yana bir "ajdar" SHerzod Nasrullaev Hamrobekovga etib oldi.

Lyupcho Dorievning narxi 1,3 million evroga etdi. Superligamizda endi 1 million evrodan qimmat bo'lgan legioner bor. 

Quvonarlisi endi O'zbekiston Superligasida narxi 1 million va undan ko'p bo'lgan 6 nafar futbolchi bor.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика