Transferlar: Mata "Bavariya"da, Xavi AQSHda?!
12 jan 2014 15:20
Yangiliklar

Transferlar: Mata "Bavariya"da, Xavi AQSHda?!
Championat.asia sizni Evropa matbuotida chiqayotgan transfer xabarlari bilan tanishtirishda davom etadi.
Etiboringizga bugun tongda ko'xna qita matbuotida paydo bo'lgan xabarlarni taqdim etamiz.
"SHalke" Villash Boashni olib kelmoqchi
Angliyaning The Telegraph nashri yozishicha, Andre Villash Boash Gelzenkirxenning "SHalke" jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkin ekan. "SHalke" anchadan buyon portugaliyalik mutaxassis bilan til topishish uchun harakat qilib kelmoqda. Lekin muzokaralar hech ham yakuniy bosqichga o'tayotgani yo'q. SHu boisdan gelzenkrixenliklar jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Yens Keller bilan alaoqani uzishmayapti. Agar Villash Boash "SHalke" taklifiga rozilik bildirsa, Yens Kellerga chiqish eshiklari ko'rsatiladi. Buning uchun esa portugaliyalik mutaxassis ko'ngliga yo'l topish talab etiladi. Ammo "SHalke" rahbariyati hozircha buni uddalay olayotgani yo'q.
"Bavariya" Mataga taklif bilan chiqmoqchi
Daily Mirror tarqatgan xabarga ko'ra Myunxenning "Bavariya" klubi "CHelsi" yarim himoyachisi Xuan Matani o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi. Pep Gvardiola jamoaga olib kelmoqchi bo'lgan o'yinchilar ro'yxatida eng yuqoridan joy olgan ispaniyalik futbolchining transfer narxi hozirda 24 million evroni tashkil qiladi. Myunxenliklar yarim himoyachi uchun ushbu summani berishga tayyor turishibdi. Ammo "Bavariya" Matani qo'lga kirtish uchun yozgacha kutishga majbur. Boisi "CHelsi" uni mavsum yakunigacha qo'yib yubormoqchi emas.
Xavi endi AQSH da o'ynaydimi?
Sky Sport Italia nashri tarqatgan so'nggi malumotlarga qaraganda "Barselona" yarim himoyachisi Xavi faoliyatini AQSH da yakunlashni ko'zlab turibdi. Futbolchiga "Nyu York Red Bulls" jamoasi taklif bilan chiqqan. Xavi esa bu taklifga rozi bo'lish arafasida. Faqat kelishuv Jahon CHempionatidan keyin kuchga kiradi. Mundial yakuniga etgach, futbolchi "Barsa" bilan xayrlashadi va okean ortiga yo'l oladi, deyiladi xabarda. Unda qayd etilishicha, muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan va tomonlar kelishuv imzolash arafasida turishibdi.
Zoxirjon Akramxonov tayyorladi.

Fikrlar