Transfer hal - "Manchester Yunayted" Varan uchun 58 mln evro to'laydi, futbolchining maoshi ham aniq
17 iyu 2021 16:01
Yangiliklar
Transfer hal - "Manchester Yunayted" Varan uchun 58 mln evro to'laydi, futbolchining maoshi ham aniq
ABC"ning xabar berishicha, "Real" va "Manchester Yunayted" himoyachi Rafael Varan transferi borasida kelishuvga erishdi.
Tomonlar shartnoma shartlarini kelishib olishgan – "Real" francuz uchun 58 mln evro oladi, deb ABC"ga tayanib yozadi "A Bola".
28 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted" bilan 5 yillik shartoma borasida kelishuvga erishgan. Varanning maoshi – yiliga 12 mln evro. "Real" futbolchiga 4 yillik kelishuv va 7 mln evro maosh taklif qilgandi.
Takidlab o'tamiz, Varan "Real"da o'n yil to'p tepdi. Madrid klubi tarkibida futbolchi 18 ta sovrin qo'lga kiritdi.
Fikrlar