So’nggi yangiliklar

12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  0 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  3 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  5 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  2 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  1 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Пахтакор" билан шартнома имзолади  8 00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  4

Tragedik tarix! Bajarilgan vada va sovrin Yangiliklar

Tragedik tarix! Bajarilgan vada va sovrin

Dushanba tunida "Monterrey" 2010 yildan keyin ilk marta Meksika chempionligiga erishdi.

Jamoa finalda "Amerika"ni penaltilar seriyasida 4:2 (umumiy hisob 3:3 bo'lgandi) hisobida mag'lub etdi.

G'alaba golidan keyin "Monterrey"ning barcha futbolchilari quvonishdi, g'alabani nishonlashdi, bir-biriga suvlar otishdi, shampanlar ochishdi. Biroq jamoa bosh murabbiyi Antonio Muhammad zaxira o'rindig'ida o'tirgancha xo'mrayib yig'ladi, istaganicha yig'ladi. CHunki u hayotidagi eng asosiy vadasini bajargandi.

Antonio yoshligida hujumchi bo'lgan va Argentina hamda Meksikadagai o'nlab klublarda faoliyat olib borgan. Muhammad "Monterrey"da atigi 2 yilni (1998-2000) o'tkazgan bo'lsa-da, o'g'li bu jamoani yaxshi ko'rib qolgandi. Ha, u yaxshi ko'rib qolgandi. CHunki Farid hozir tiriklar orasida yo'q.

Bir kuni Antonio - Faridga:

- "Monterrey"ga qaytaman va sovrin yutaman. Barchasi sening quvonching uchun bo'ladi, degandi.

Muhammad o'z o'g'li Faridga bir kun kelib "Monterrey"ga qaytishini va sovrin yutishini vada qildi. Biroq...

2006 yilda tragik hodisa yuz berdi: Farid avtohalokat tufayli olamdan ko'z yumdi. O'shanda mashinada Antonio ham bor edi va u ham sal qolganda oyog'idan ajralardi.

Hodisa Germaniyada yuz berdi. O'sha paytlarda u erda jahon chempionati o'yinlari o'tkazilayotgandi. Farid mundialda Argentina termasini ko'rishni istayotgani uchun uzoq safarga borishni qattiq istagani uchun mashinaga o'tirgandi.

Drezden va Frankfurt o'rtasidagi yo'lga kelganda esa ular kelayotgan yo'lda begona mashina katta tezlikda paydo bo'ldi va... Ikki mashina bir-biri bilan to'qnashdi.

Tragediya Muhammadning oilasiga qattiq zarba berdi. O'sha paytlarda Antonio o'z rafiqasi bilan tez-tez janjallashib turardi. SHuningdek, bu mavzuda matbuot ham tez-tez ovozalar chiqarardi. O'sha vaqtdan buyon Muhammad yolg'izlikdan qo'rqadi va bir o'zi qolishni istamaydi.

Mashg'ulotdan bo'sh vaqtlarda u o'z vaqtini futbolchilar bilan o'tkazadi, ularning xato va kamchiliklarini, yutuqlarini kuzatib boradi. Uning fikriga ko'ra, jamoa natijalarga erishishi uchun futbolchilarning natijalari fantastik darajada bo'lishi shart emas, asosiysi - yurakdan mehnat va bir maqsad yo'lida intilish.

Qattiq mehnat esa o'z samarasini berdi. Antonio 13 yil oldan bergan vadasini bajardi.

2012 va 2014 yillarda Muhammad "Tixuana" va "Amerika" bilan birgalikda Meksika Klausurasida g'olib bo'ldi. Biroq ilk qadamlardayoq vadani bajarish oson bo'lmadi: 3 yil davomida u jamoani finalgacha olib bordi va so'nggi bahslarda mag'lub bo'laverdi. Keyin esa "Selta" boshqaruvini o'z qo'liga oldi. 2019 yilda esa u o'z ishini yakunlash uchun "Monterrey"ga qaytdi.

U jamoani klublar o'rtasidagi mundialga olib keldi. Avvaliga Qatarning "Al Sadd"i engildi. Biroq yarim finalda jamoa "Liverpul" tomonidan taslim qilindi. Yodingizda bo'lsa, Klopp o'sha harakatlarini aynan Muhammadning oldida qilgandi.

Jamoaning asosiy maqsadi - chempionat g'olibligi edi. Yakshanba kunida uni g'amgin axvolda ko'rishgandi.

Muhammad hayotidagi eng muhim o'yinida ishtirok etdi va unda g'olib bo'ldi. G'alabadagi ko'z yoshlarni esa yuqoridan  uning o'g'li jilmayib tomosha qilmoqda.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика