“Trabzonspor” Turkiya Kubogini qo'lga kiritib, “Beshiktosh” bilan tenglashib oldi
30 iyu 2020 08:25
Yangiliklar


“Trabzonspor” Turkiya Kubogini qo'lga kiritib, “Beshiktosh” bilan tenglashib oldi
“Trabzonspor” Turkiya Kubogi finalida “Alanyaspor” klubini 2:0 hisobida mag'lub etdi.
Bu “Trabzonspor” klubi uchun 9-kubok bo'ldi. Natijada trabzonliklar bu borada “Beshiktosh” bilan tenglashib oldi. Kubokni qo'lga kiritish bo'yicha rekord “Galatasaroy”ga tegishli — 18 marta. “Fenerbahche” hisobida esa 6 ta kubok sovrini bor.
Trabzonspor – Alanyaspor 2:0
Gollar: 1:0 – 25 Omyur, 2:0 – 90 Serlot.
Trabzonspor – CHakir, Joau Pereyra (da Koshta, 90), Kampi, Tyurkmen, Novak (CHerekchi, 79), Omyur, Sosa, Gilerme, Parmak (Ndiaye, 90), Ekuban (Basajikoglu, 41), Serlot.
Alanyaspor – Marafona, Cavelas, Xuanfran, Nsakala, Kolker, Siopis (Uchan, 54), Gyulselam (Pektemek, 74), Fernandes, Karaja (Bulut, 63), Bakasetas, Sisse.
Ogohlantirishlar: Siopis (12), Kampi (17), Joau Pereyra (61).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar