"Trabzonspor" muxlisi hakamga qo'l ko'tardi

Aslanov Jasurbek
25 apr 2016, 12:04
"Trabzonspor" - "Fenerbaxche" bahsida (0:4) kutilmagan voqea yuz berdi.

Uchrashuv asosiy vaqtiga qo'shib berilgan so'nggi daqiqalarda "Trabzonspor" 0:4 hisobida mag'lub bo'layotgan edi. Kutilmaganda hisobda ortda qolayotgan jamoa muxlisi maydonga tushib ketdi va darvoza oldida turuvchi hakamni kaltaklay boshladi. Xavfsizlik xodimlari tezlik bilan ishqibozni maydondan olib chiqib ketishdi. Ma'lumotlarga ko'ra, Turkiya futbol federatsiyasi o'z muxlislarini tartibga sola olmaydigan klubni jazolaydi.

TAS-IX emas


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia