Trabukki: "Gattuzo Qozog'iston terma jamoasini boshqarishni istamadi"
03 iyu 2016 14:47
Yangiliklar
Trabukki: "Gattuzo Qozog'iston terma jamoasini boshqarishni istamadi"
"Astana" bosh direktori Marko Trabukkining malum qilishicha, Qozog'iston futbol federaciyasi "Milan" sobiq futbolchisi Jennaro Gattuzo bilan muzokara o'tkazdi.
"Muzokaralar bo'ldi, ularni men olib bordim. Muzokara juda uzoq davom etdi. Gattuzo oilaviy sabablarga ko'ra ushbu taklifni rad etdi. Evropada hozircha u nima qilganini tushunishmayapti. Gattuzo mo'jiza ko'rsatdi: U "Piza"ni B seriyaga olib chiqdi.
Jennaro Qozog'iston futbol federaciyasining taklifini rad etdi va u erga xat yubordi" - deydi Trabuuki.
Fikrlar