Tojikistonlik futbolchi doping tufayli ikki yilga diskvalifikaciya qilindi
13 noy 2014 13:00
Yangiliklar


Tojikistonlik futbolchi doping tufayli ikki yilga diskvalifikaciya qilindi
Tojikiston yoshlar terma jamoasi himoyachisi Xurshid Beknazarov dopingdan foydalangani uchun Osiyo futbol konfederaciyasi (AFC) tomonidan ikki yilga diskvalifikaciya qilindi.
20 yoshli futbolchi Janubiy Koreyada o'tgan Osiyo o'yinlaridagi tekshiruvda qonidan doping topilgan edi. 14 sentyabrda Tojikiston va Singapur terma jamoalari o'yinidan so'ng olingan analizda uning qonida metilgeksanamin moddasi aniqlandi.

Fikrlar