Tojikistonlik futbolchi doping tufayli ikki yilga diskvalifikaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
13 noya 2014, 13:00
Tojikiston yoshlar terma jamoasi himoyachisi Xurshid Beknazarov dopingdan foydalangani uchun Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) tomonidan ikki yilga diskvalifikaciya qilindi.
20 yoshli futbolchi Janubiy Koreyada o'tgan Osiyo o'yinlaridagi tekshiruvda qonidan doping topilgan edi. 14 sentyabrda Tojikiston va Singapur terma jamoalari o'yinidan so'ng olingan analizda uning qonida metilgeksanamin moddasi aniqlandi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com