So’nggi yangiliklar

16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  0 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  2 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  10

Tojiev vs SHodiev: Osiyo o'yinlariga kim borishi kerak? Yangiliklar

Tojiev vs SHodiev: Osiyo o'yinlariga kim borishi kerak?

Bugun O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Iordaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Bu o'yinda termamiz ustozi Mirjalol Qosimov asosan Osiyo o'yinlariga boradigan tarkibni sinab ko'radi. Demak, mazkur bellashuvda 23 yoshgacha futbolchilar to'p suradi. SHuningdek, yoshi 23dan katta to'rt nafar o'yinchining ham maydonga tushishi kutilmoqda.

Bular - Islom To'xtaxo'jaev, Fozil Musaev, Farhod Tojiev va Vohid SHodiev. Kecha bo'lib o'tgan o'yinoldi matbuot anjumanida Mirjalol Qosimov Osiyo o'yinlariga boradigan yoshi 23dan katta ikkita futbolchining kimligini aytib o'tdi. Yani, To'xtaxo'jaev bilan Musaevning Inchonga borishi rasman aniq bo'lgan. Yana bitta o'ringa esa ikkita nomzod bor. Yani, Farhod Tojiev bilan Vohid SHodiev. Bugungi bellashuvda kim o'zini ko'rsatsa Qosimov o'shani musobaqaga olib ketishini malum qildi.



Farhod Tojiev ham, Vohid SHodiev ham yaxshi saviyadagi hujumchilar hisoblanadi. Farqi shundaki, Vohid Farhodga nisbatan terma jamoada kam o'ynagan. Xo'sh, sizningcha, Mirjalol Qosimov Osiyo o'yinlariga kimni olib ketgani maqul: Farhod Tojievnimi yoki Vohid SHodievmi? Marhamat, bu borada o'z fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin. Bugungi o'yindan keyin bu mavzuga yana qaytamiz.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика