So’nggi yangiliklar

15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  3 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  41 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  5 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  17 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  0 10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  6 09:50"Челси" "Барселона" футболчиси учун 150 миллион бермоқчи  6

To'yonaga 10-bronza! Yangiliklar

To'yonaga 10-bronza!

Teglar :  Nasaf
Qarshining "Nasaf" klubi tashkil topganiga 30 yil to'ldi.


1986 yilda tashkil etilgan "Nasaf" klubi joriy mavsumda o'zining 30 yilligini nishonlamoqda. Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoa 30 yillik to'yonaga 10-bronzani taqdim etdi.

1997 yildan buyon Oliy ligada uzluksiz ishtirok etib kelayotgan "ajdarlar" bu vaqt mobaynida 10 marotaba bronza, bir bor kumush medali, O'zbekiston kubogi hamda O'zbekiston Superkubogini qo'lga kiritishgan. Klub o'z tarixidagi eng ajoyib mavsumni 2011 yilda o'tkazgan. Aynan o'sha yili "Nasaf" OFK kubogi va chempionatdagi hozirga qadar eng yaxshi natijasi bo'lgan kumush medallariga ega chiqqandi.

"Nasaf" shu kungacha oliy ligada jami 587 ta uchrashuv o'tkazgan. SHundan 329 tasida g'alaba qozongan, 112 ta durang va 146 ta mag'lubiyat qayd etgan. To'plar nisbati 1067-665.


NASAF (QARSHI) FUTBOL KLUBI TARIXIDAN
Jamoa mamlakat oliy ligasida 1997 yildan beri ishtirok etadi.

Erishgan yutuqlari:

O'zbekiston chempionatining oliy ligasida o'n marotaba (2000, 2001, 2005, 2006, 2009, 2010, 2013, 2014, 2015, 2016 yillar) bronza medali sovrindori.

O'zbekiston vice-chempioni, kumush medal sohibi (2011).

O'zbekiston kubogi ( 2003y, 2011y. 2012, 2013 y.) finalchisi.

O'zbekiston kubogi sohibi (2015).

O'zbekiston superkubogi sohibi (2016).

Osiyo chempionlari kubogi (2002 yil) yarim finalchisi, OFKning Halol o'yin uchun sovrini (2002 yil) sohibi.

Osiyo futbol konfederaciyasi kubogi sohibi (2011), musobaqaning “Halol o'yin uchun” sovrini egasi.

Jamoa tarkibida eng ko'p maydonga chiqqan o'yinchi - Ro'ziqul Berdiev (314 marotaba).

Jamoaning eng yaxshi to'purari - Zafar Xolmurodov (181 ta).

Bir mavsumda eng ko'p to'p kiritgan futbolchi- Zafar Xolmurodov (30 ta, 2000 yil).

Eng yirik g'alabasi - 7:0 (Metallurg Bekobod, 2004 yil), 8:1 (Andijon, 2004 yil).

Eng yirik mag'lubiyati - 0:6 (Andijon, 1998 yil).

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика