So’nggi yangiliklar

00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  8 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  3 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  0 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  6 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  6 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  12 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  14 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25 20:28"Металлург" 11 нафар футболчини рўйхатдан ўтказди, улардан 2 таси — легионер  7 20:10Россия кубоги. "Рубин" — "Акрон". Эсанов дебют қилади, Ашурматов ҳам асосийда  3

To'y ustiga to'y qilgan "Nasaf" Yangiliklar

To'y ustiga to'y qilgan "Nasaf"

Yanvar oyi futbolimiz uchun juda chiroyli va muvaffaqiyatli keldi.

Bu oyda futbolimizda bir qator o'zgarishlar, yutuqlar va unutilmas onlar ruy berdi. Dastlab Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rgan yoshlar terma jamoamiz Tailanddagi norasmiy musobaqada g'alaba qozondi va Xitoyga xush kayfiyatda yo'l oldi. Keyinchalik Ravshan Haydarov jamoasi Osiyoni qanday zabt etganini takror eslatib o'tishga hojat bo'lmasa kerak. Ayniqsa Yaponiya va Janubiy Koreya ustidan qozonilgan g'alabalar futbolchilarimizning o'z kuchiga bo'lgan ishonchini oshirish bilan birgalikda, yurtimizdagi ishqibozlarning futbolga bo'lgan muhabbatini qayta tiklagandek bo'ldi.

Bu orada endilikda O'zbekiston Futbol Associyaciyasiga aylangan tashkilotga yangi rahbar Achilbay Ramatov keldi. Hisobot Saylov Konferenciyasida Achilbay Ramatov juda ko'p yillar davomida jurnalistlar tomonidan aytilib kelingan, lekin etiborga olinmagan gaplarni, futbolimizdagi muammolarni yo'q qilish uchun bel bog'laganliklarini alohida takidladilar. Muhimi, O'FAning yangi prezidenti Achilbay Ramatov tomonidan futbolimizdagi "o'yinlar" yo'q qilinishi malum qilindi.

Ravshan Haydarov shogirdlari esa ko'p o'tmay Osiyo zabt etishdi va buni yana bir quvonarli tarafi shunda bo'ldiki, final bahsini shaxsan Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoevni o'zlari tomosha qildilar. Bu esa futbolimizga berilayotgan etibor yanada kuchayganidan dalolat. Yaxshi ishlar boshlanishi bilan yangi muvaffaqiyatlar ham boshlandi.

Bayram ustiga bayram, to'y ustiga to'y. Kechasi tunda, qishning qahraton sovug'iga qaramasdan chempion yoshlarimizni qanday chiroyli kutib olindi. Bu onlar har qanday yurtdoshimizga, ayniqsa futbol ihlosmandlariga o'zgacha zavq berdi. Futbolchilar esa bunday ajoyib, fantastik muhitdagi kutib olishni tasavvur ham qilmaganliklarini aytib o'tishdi.

Endi bevosita kechagi Qarshida o'tgan bahs haqida.

O'yindan bir kun oldin hamkasbim Tolibjon Qosimov bilan Qarshi tomon yo'l olishga hozirlangandik. Aslida "Afrosiyob" poezdi bilan Qarshiga borishni, u erdagi o'yindan oldin bo'ladigan barcha rasmiy tadbirlarni yoritishni maqsad qilgandik. Ammo poezdga chipta topilmagach, tahririyatimiz rahbariyati "Nasaf" ishtirokidagi bahsni to'liq yoritish maqsadida samolyotga chipta izlashga kirishdi.

Biz bilan bitta reysda uchrashuv hakamlari, "Nasaf"ning raqibi "Al Faysali", kuni kecha chempionlik onlarini boshdan kechirgan hamda eyforiyada yurgan "Nasaf"ning yosh va endilikda haqiqiy etakchisiga aylangan to'rt nafar azolari uchishdi. Qarshidagi noqulay ob-havo va qalin yog'ayotgan qor tufayli 12:30 uchishi kerak bo'lgan samolyot salkam 5 soatga kechikdi.

Bu orada esa 27 yanvar kuni 120 daqiqa qorli maydonda "jang" qilgan G'aniev, Hamrobekov, zaxiradan maydonga tushgan Narzullaev va Abdixoliqov yana sarson bo'lishdi. Ular o'yindan keyin deyarli dam olishmagan, bunga fursat ham bo'lmagandi. "Al Faysali" vakillari ham aeroportda ancha asabiylashishdi, Qarshiga belgilangan vaqtda borolmaganlari tufayli mashg'ulotni ham, matbuot anjumanini ham o'tkazib yuborishdi. Jamoaning rejimi buzildi. Kamida aeroportda saytimiz orqali Qarshidagi ob-havo va "Markaziy" stadiondagi qalin qorni ko'rib ajablanishdi.

Biz esa chempionlar bilan ancha suhbatda bo'ldik. SHuni takilab o'tish kerakki, ular tunda xalqimiz chempionlarni ajoyib kutib olganidan sarmast edilar. Hamrobekov, G'aniev, Abdixoliqov va Narzullaev bundan tantanali va fayzli kutib olishni hatto tasavvur ham qilmaganliklarini aytishdan charchashmadi. Bobir Abxoliqov esa hayajonlanib, yoshligimda aynan shunday onlar bo'lishini orzu qilardim. Bu orzuim amalga oshdi, deya quvonib aytib berayotgandi. Ulardan esa tabiiyki ertangi bahsda maydonga tushishga tayyormisizlar deb so'raganimizda, ular bir ovozdan ha, degan javobni berishdi.

CHarchoqchi desam, aka hozir charqoq hayolga ham kelmayapti. Vatanimiz shanini munosib himoya qildik, endi klubimiz "Nasaf"ga muhim bahsda yordam berishga tayyormiz, deyishdi. "Pele", yani Bobir Abdixoliqov "Al Faysali"ga qarshi o'yinni intiqlik bilan kutganini, garchi reys cho'zilib, mashg'ulotlarga ulgurmagan bo'lsada, maydonga tushishga shay ekanini alohida takidlagandi. Aziz G'aniev esa Janubiy Koreyaga urgan golidan "Markaziy" stadionda ham "takrorlash" niyati borligi va buni uddalashga vada bergandi. Kechagi o'yinda esa bu ikki chempionlar o'z vadalarini ustidan chiqishdi. Odil Hamrobekov esa o'zidan talab etilgan o'yinni ko'rsatdi. Yangi qurilayotgan "Nasaf"ni haqiqiy tayanchi ekanini isbotladi. Doniyor Narzullaev ham garchi zaxiradan maydonga tushgan bo'lsada, beshinchi golda o'zining munosib hissasini qo'shdi.

Hayron qolganim va tan berganim, bular shuncha charchoq, uchishlardan keyin ham hech narsa bo'lmagandek bemalol o'ynashdi. O'ynaganda ham shunchaki son sifatida maydonda qatnashishmadi, aksincha uchrashuvda hal qiluvchi rolni bajarishdi. Yana bir qoyil qolganim, qo'rqmasdan vada berishdi va o'z so'zlarining uddasidan chiqishdi. Ravshan Haydarov finaldan keyin kiyinish xonasida futbolchilarga murojaat qilib, bejizga "erkak ekansizlar", demagan ekan. Buni kecha O'zbekiston yoshlar terma jamoasidagi futbolchilar amalda yana bir bor isbotlashdi. Bu gaplar quruq gapligicha qolib ketmadi. To'g'risi, hozir ko'pchilik eyforiyada, futbolchilarni aytmasa ham bo'ladi. Lekin ularni qanchalik kutishgani, qanday hajmdagi ishni bajarishganini bevosita kuzatgan holda ortiqcha burttirishlarsiz bu matnlarni samimmiy qoralayapman.

Yangi mavsumga tayyorgarlikni umuman boshqa tarkibda o'tkazgan, yoshlar terma jamoasidagi futbolchilar esa juda kech jamoa qo'shilgani etmagandek, oxirgi kun ham belgilangan vaqtda borolmay, birorta mashg'ulotda qatnashmay, shundoq boshlang'ich tarkibda maydonga tushib, uchrashuv taqdirini hal etvorish hazilakam ish emas. Kamida jamoa yangi, umuman birga o'ynamagan, tanimaydigan futbolchilar qo'shilgan bo'lsa-ya? Qoyil, yana bir bor barakalla!

Bejizga uchrashuvdan oldin Ro'ziqul Berdiev chempion bo'lgan shogirdlari kelishiga va ularni yordamiga ishonayotganini aytmagan ekan. Tarkib borasida tanlovi qolmagan Berdiev tavakkal qilishga majbur edi. Jamoa butunlay yangi, etakchilar esa deyarli o'yin kuni jamoaga kelgan payt Berdiev o'yinga kerakli taktikani tanlay oldi. Hali mavsum boshlanmagani, jamoaga o'yin amaliyoti etishmasligi turgan gap edi. Hamma jihatlarni inobatga olgan Berdiev, raqibni o'rganish, tahlil qilish jarayonida iordaniyaliklarning bo'sh nuqtasi, yani ojiz joyini topa oldi.

"Al Faysali" futbolchilari gavda jihatidan ancha yirik va baquvvat bo'lishiga qaramasdan, jamoa standart vaziyatlari paytida pozicion xatolarga yo'l qo'yishini murabbiy ilg'ay oldi. Natijada dastlabki ikkita gol aynan standart vaziyatidan keyin kiritildi. Keyingi gol esa Aziz G'anievning individual mahorati mevasi bo'lsa, to'rtinchi to'p Kenjaboevning texnik salohiyati paytida ishlangan penaltidan urildi. Beshinchi golda esa zaxiradagi yagona chempionni maydonga tashlagan murabbiy bu safar ham adashmadi. Doniyor Narzullaevning chog' kayfiyati va chempionlik ruhi bu o'yinda unga ham o'z so'zini aytish imkoniyatini berdi.

SHu o'rinda, juda muhim paytda jamoasini muqarrar gollardan saqlab qolgan Sanjar Quvvatovning, jamoaga Dragan CHeran tavsiyasi bilan olib kelingan Slavko Lukichning ajoyib o'yinini ham etirof etib o'tish lozim. "Nasaf", aniqrog'i Berdiev bu safar ham sifatli legioner tanlashda adashmaganini kechagi bahs ko'rsatib berdi. Yaxshi, saviyali legioner birinchi o'yindayoq qanday futbolchi ekanligini isbotlay oladi, odatda.

Ayni paytda legionerlarni tanlashda "Nasaf"dan har qancha o'rnak olsa arziydi. Legionerlar etibori bilan qaraydigan bo'lsa, ayni paytda O'zbekistondagi eng yaxshi jamoa "Nasaf" ekanligi ko'rinib turibdi. Igor Golban va Dragan CHeranga ortiqcha izoh shart emas. Slavko Lukich esa kechagi o'yini bilan barchada iliq taassurot qoldirdi.
To'p uzatish, to'pni oshirish, tezlik, texnika, raqib futbolchilarini 1-2tasini aldab o'tish, zarba va himoyadagi intellekti yuqori ekanligi ko'rindi.

Garchi tablodagi hisob yiriklashib ketgan bo'lsada, aslida "Al Faysali" kutilganidek kuchsiz raqib emas ekan. Jamoa "Nasaf"ga etarlicha qarshilik ko'rsatdi. Birinchi bo'limda Quvvatov jamoani qutqarib qolmaganida, ikkinchi bo'lim umuman boshqa scenariy ostida o'tish ehtimoli yuqori edi. Aytmoqchi bo'lganim, hisob aldamchi. "Nasaf" "Al Faysali"ni raqib juda kuchsizligi uchun yutmadi. Aksincha, jamoaning hozirgi holatidan kelib chiqib to'g'ri tanlangan taktika o'z mevasini berdi. Darvoza tomon 4 marotaba aniq zarba yo'llab, 5ta gol urish har doim ham nasib etmaydi. Qolgan ko'rsatkichlar bo'yicha esa "Al Faysali" ustunlikka erishdi. Tashabbusni raqibga topshirib, o'z kuchini keraklicha taqsimlagan murabbiy bu bahsda yutdi.

Guruh bosqichida Berdiev aytganidek, raqiblar yanada jiddiy va kuchli. O'yinlar sifatli va yuqori darajada o'tadi. Temp ham oshadi. "Nasaf" esa guruh bosqichi oldidan tarkibini kerakli futbolchilar bilan kuchaytirishi lozim. Zaxira o'rindig'ini sifatli va tajribali futbolchilar bilan boyitish talab etiladi. OCHL guruh bosqichi uchun jamoaning zaxirasi juda torlik qiladi.

Juda kuchli sovuq va qordagi alo kayfiyat uchun "Nasaf"ga rahmat aytamiz. Futbol bayrami kecha "ajdarlar" tomonidan davom ettirildi.

Undan keyingi uchrashuv haqida gapirib yoki yozib muxlislarni kayfiyatini tushirmoqchi emasman. Biz Qarshidagi bahsni yoritish maqsadida borgandik hamda o'sha o'yin atrofidagi va uchrashuvdan keyingi tassurotlar bilan bo'lishdik. "Paxtakor" uchrashuviga boshqa hamkasbimiz to'xtalgani maqulroq. Faqat bir narsani aytishni istardim, "sherlar" boshqa murabbiy topishsa, bu tarkib bilan ko'zlangan maqsadga erishish mumkin. Faqat keraksiz va sifatsiz legionerlarni jamoaga olib kelgan murabbiyga ortig'idan ko'p ishonib yubormaslik zarurligini kechagi Qatardagi bahs ko'rsatib berdi. Kimlar "qovun" tushirganiyu, ularni kimlar olib kelgani haqida ortiqcha gapirishga hojat yo'q.

Muhimi, yanvar oyi futbolimiz uchun baribir juda omadli va sermahsul keldi. Yilni yaxshi boshlab oldik. Aytadi-ku, yilni qanday boshlasang, shunday davom ettirasan deb.
O'zbek futboli uchun 2018 yil ajoyib kelishiga umid qilamiz. Muhimi, start yaxshi olindi. Buyog'iga Superligaga aylanadigan ligamiz "intrigasi" muxlislarni shundoq quvontirib tursa bas. SHunday davom etsak, ajab emas kelasi yili yanvarda ham yana bir katta muvaffaqiyatni nishonlasak.

Ko'p narsa yaxshi niyatga va unga eltuvchi yo'lga ham bog'lik.

Muallif :
Reyting: +73   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика