So’nggi yangiliklar

23:55Ла Лигада декабрь ойининг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзодлар номи маълум қилинди  0 23:34ОЧЛ-2. "Ал Насср" "Ал Завраа" устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Истиқлол" "Ал Муҳаррақ"дан устун келди  0 23:07ОЧЛ-2 "Аркадағ" ўз уйида "Ал Ҳалдия"ни мағлубиятга учратиб, плей-офф босқичига йўл олди!  10 22:55ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди  114 22:36Фабрегас: "Реал"даги исталган ўйинчи майдонга тушишга лойиқ. Алонсога қийин"  2 21:45Жавоҳир Сидиқов "Насаф" билан хайрлашди  7 21:22Ван де Вен оғир жароҳат етказгани учун Исакдан кечирим сўради  1 20:52Аморим Фернандеш ва Майну "Ньюкасл"га қарши ўйнамаслигини маълум қилди  0 20:21"Хоразм" Аббосжон Отахонов билан шартномани узайтирди  0 19:28"Ливерпуль" спорт директори Салоҳнинг агенти билан музокара ўтказади, футболчи эса Африка Кубогида  0 19:00"Шунчаки, мен кучлилик қилдим". Это'О ва терма жамоа бош мураббийи ўртасидаги жанжал, иккита қайднома... Барчаси ҳақида батафсил гаплашамиз  1 18:47МЮ Семеньога таклиф билан чиқди, аммо рақобатчилардан кўпроқ тўлашга тайёр эмасди  1 18:26Фабрегас "Реал" ҳақида: "Барча футболчилар ўйнашга лойиқ, Алонсонинг вазифаси қийин бўлса керак"  2 17:50Риисе Клопп ҳақида: "Уни терма жамоа мураббийи сифатида кўряпман"  0 17:15МЮ ёзда "Олд Траффорд"ни "ремонт" қилмоқчи  0

To'xtab qolgan U-18 Yangiliklar

To'xtab qolgan U-18

Biz o'zbeklarda qiziq bir odat bor.

Birorta ishni eng shimarib katta shijoat bilan boshlaymiz-u, yarmiga kelganda hafsala yo'qoladimi yo boshqa sababmi unchalik etibor bermay qo'yamiz. Bo'lsa bo'lar qabilida jimgina qarab turaveramiz va buning natijasida ishtiyoq so'nib qoladi. 

Misol uchun bu yil ikkinchi bor o'tkazilayotgan Respublika U-18 birinchiligini olaylik. O'tgan yil 12ta jamoa ishtirokida chiroyli chempionat bo'lgandi va yakunda "Nasaf" tarbiyalanuvchilari g'oliblikni qo'lga kiritishgandi. 

Bu yildan PFL musobaqa faqat Superliga jamoalaridan iborat bo'lib qolmasin, Proliga vakillariga ham etibor beraylik deb zo'r ish qildi. Natijada U-18 birinchiligining birinchi bosqichi 4ta mintaqaga bo'lingan holda o'tkaziladigan bo'ldi. 

Andijon FA - "Andijon", "Turon", "Istiqlol", "Neftchi", "Qo'qon-1912", "Navbahor", "Andijon-2", "Rash-Milk". 

Toshkent FA - "CHig'atoy", "Rubin", "Paxtakor", "Oqtepa", AGMK, "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Lokomotiv-BFK". 

Jizzax FA - "Dinamo", "Metallurg", "Zomin", "SHerdor", "Qizilqum", "Yangier", "So'g'diyona", "Ittifoq-N". 

Qashqadaryo FA - "G'ijduvon", "Mashal", "SHo'rtan", "Nasaf", "Surxon", "Orol", "Buxoro", "Xorazm". 

SHunday qilib jami 32 jamoa ishtirokida bu yilgi Respublika U-18 birinchiligi boshlandi va musobaqaning 1-tur uchrashuvlari 24 may kuni o'tkazildi. PFL matbuot xizmati to 6-turgacha hamma o'yinlarni yoritib keldi (orada 5-tur natijalari tushib qolganini hisobga olmaganda). Keyin esa negadir uzilish ro'y berib, 7-turdan boshlab natijalar berilmay qo'ydi.

 


Bizga malum bo'lishicha, hozirgi paytga kelib guruh o'yinlari tugab bo'lgan, biroq qaysi mintaqada kim g'olib bo'lgani haqidagi malumot hech qaerda yo'q. Bazi klublar imkon qadar o'z jamoalari ishtirokidagi o'yinlarni yoritib kelmoqda, lekin musobaqaning bosh tashkilotchisi barcha mintaqalardagi 7-14 tur o'yinlarini va guruhdan kimlar chiqqanini bergani yo'q. 

Toshkent shahar va viloyati jamoalari ishtirokidagi o'yinlarga masul etib tayinlangan Toshkent futbol associaciyasi (TFA) ham natijalarni berib borishni to'xtatib qo'ydi. Bu tashkilotning Telegramda TFA.uz degan kanali bor. Bir paytlari shu tashkilotda ishlagan Hojiakbar Otajonov (joyi jannatda bo'lsin) ishlab yurganida shahar chempionati, shahar birinchiligi, umuman bolalar o'rtasidagi boshqa musobaqalarni tez-tez yoritib borardi. 

Hozir esa shahar futbol associaciyasining Telegram kanalida asosan bo'lajak o'yinlar (o'yin qaerda bo'lishi, qaysi hakamlar boshqarishi) berib boriladi, lekin uchrashuv yakuniga etganidan so'ng protokol tugul, hatto bahs natijasi ham berilmay qo'ydi. Buning ustiga Telegram kanali butsi olinglar degan reklama berish bilan ovora. Buyoqda murabbiylar boshqa jamoalar qanday o'ynaganini bilolmay xunob. 


 


Yana bir musobaqa - Respublika U-15 va U-13 birinchiligi ham katta shijaot bilan boshlandi. Ammo 1-2 tur o'tgach, yana jim bo'lib qoldi. Hozir bu musobaqa davom etyaptimi-yo'qmi, buniyam bilmaymiz. Ko'pchilik faqat o'z jamoasi ishtirokidagi o'yinni biladi, boshqalar qanday o'ynayotganidan xabari yo'q. 

Bugungi davr axborot davri ekanini hisobga olsak, muxlislar axborotga o'ch va o'yinlar natijasini tezroq bilishni xohlaydi. Katta-katta yig'ilishlarda bolalar futbolini unday qilish kerak kabi balandparvoz gaplarni ko'p eshitamiz. Lekin har yil o'tkalishi shart bo'lgan oddiy bir musobaqani o'tkazishga kelganda, boshini zo'r boshlab keyin qo'l siltab qo'ya qolamiz va musobaqa nima bo'lyapti, qaysi bosqichga kelgani bilan ishimiz bo'lmaydi. Har holda chetdan kuzatib menga shunday tuyulmoqda. 

X.Xoliqov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика