Totti: “Agar u “Roma”da qolganida, ECHLni yutish imkoni deyarli yo'q edi”
30 jan 2020 21:40
Yangiliklar


Totti: “Agar u “Roma”da qolganida, ECHLni yutish imkoni deyarli yo'q edi”
Italiyalik sobiq futbolchi Franchesko Totti “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Saloh 2015-17 yillar mobaynida “Roma” sharafini himoya qilgan.
“Agar Saloh “Roma”da qolganida, CHempionlar Ligasida g'olib chiqish imkoniyati deyarli yo'q edi. Yangi jamoada esa u ko'proq imkoniyatga ega bo'ldi. U uchun xursandman, boisi u boshqalardan ajralib turadi. “Roma”dan “Liverpul”ga o'tib, katta qadam tashladi. Hech kim buni kutmagan edi. Endi esa u har qanday o'yinni istalgan vaqtda o'zgartira oladigan futbolchidir”, – deydi rimliklar afsonasi.
Misrlik forvard joriy mavsum APL va ECHLda jami 27 bahsda qatnashib, 16+8 natijani ko'rsatdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar