"Tottenxem"ning "Yuventus"ga qarshi o'yin qaydnomasiga asosiy himoyachilardan biri kiritilmadi
13 fev 2018 10:44
Yangiliklar


"Tottenxem"ning "Yuventus"ga qarshi o'yin qaydnomasiga asosiy himoyachilardan biri kiritilmadi
Markaziy himoyachi Tobi Alderveyreld ECHL o'yinini o'tkazib yuboradi.
Tobi jamoasining CHempionlar ligasi 1/8 final birinchi uchrashuvi doirasidagi "Yuventus"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi. Belgiyalik himoyachi o'tgan chorshanba kuni uzoq tanaffusdan so'ng birinchi bor maydonga tushdi. U oyog'ining orqa paylarini cho'zib olgani sabab deyarli 3 oyni o'tkazib yubordi.
Tobining qaydnomaga kiritilmaganiga sabab deb yuqori darajada o'ynashga hali tayyor emasligi ko'rsatilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar