"Tottenxem" yangi mavsum uchun himoyachi olishni istamoqda

Mirjalol Normatov
24 iyun 2023, 21:35
"Tottenxem"dagilar yangi mavsumda himoya chizig'ini kuchaytirish niyatida.

Ayni damda London klubidagilar Mikki van de Ven ("Volfsburg") va Edmond Tapsoba ("Bayer") variantlarini ko'rib chiqmoqda. "Shporlar" hozirgacha "Volfsburg" bilan muzokaralar olib borgan, "Bayer" uchun esa taklif tayyorlashmoqda.

Oldinroq "Tottenxem" yangi mavsum oldidan nafaqat himoyachilar, balki markaziy yarim himoyani ham kuchaytirish uchun ishlar olib borayotgani aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano