"Tottenxem" vice-sardori uzoq muddatga safdan chiqdi
27 dek 2023 18:36
Yangiliklar
"Tottenxem" vice-sardori uzoq muddatga safdan chiqdi
"Tottenxem" va Argentina termasi markaziy himoyachisi Kristian Romero tizzaosti mushaklarida jarohat aniqlangan.
Futbolchi APLning 18-turida "Everton"ga qarshi uchrashuvda (2:1) jarohat olib, maydonni ertaroq tark etgandi. Romero kamida bir oy maydonga tusha olmaydi. Bu haqida londonliklar ustozi Ange Postekoglu malum qildi.
Romero tibbiy ko'rikdan o'tdi va uning tizzaosti mushaklarida muammo aniqlandi. Katta ehtimol, Kristian to'rt-besh hafta maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o'tamiz, bu mavsum Romero APLning 15 o'yinida ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 5 ta kartochka (4 sariq + 1 qizil) ishlab oldi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar