“Tottenxem” va “Napoli” Kapuening transfer narxi bo'yicha kelisha olishmayapti
30 jan 2014 11:24
Yangiliklar


“Tottenxem” va “Napoli” Kapuening transfer narxi bo'yicha kelisha olishmayapti
Londonning “Tottenxem” klubi tayanch yarim himoyachisi Etenn Kapueni “Napoli”ga 10 million evroga sotishga rozi bo'lmadi, deb xabar beradi The Guardian.
“SHporlar” o'yinchi uchun 14 million evro so'rashmoqda. Eslatib o'tamiz “Tottenxem” Kapueni o'tgan yozda “Tuluza”dan 11 million evroga sotib olgan edi va hozirgacha unga deyarli o'yin vaqti ajratib bermayapti. Klublar muzokara olib borishda davom etishmoqda.

Fikrlar