"Tottenxem" va "Arsenal" franciyalik iqtidorli o'yinchi uchun kurashga kirishgan
23 avg 2019 10:55
Yangiliklar
"Tottenxem" va "Arsenal" franciyalik iqtidorli o'yinchi uchun kurashga kirishgan
"Tottenxem" va "Arsenal" "Renn" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga uchun kurashishmoqda.
16 yoshli o'yinchini shuningdek "Barselona", "Bavariya", Dortmundning "Borussiya" hamda Madridning "Real" klublari kuzatishmoqda.
Futbolchi Franciya chempionati 2-tur doirasida "Renn"ning PSJ (2:1)ga qarshi o'yinida eng yaxshilardan biri bo'lgan edi.
Eslatib o'tamiz, Eduardo Kamavinga "Renn" tarbiyalanuvchisi sanaladi.
Yarim himoyachi "Renn" tarixidagi eng yosh o'yinchi hisoblanadi. Evropaning kuchli beshlik chempionatida o'ynagan 2002 yilda tug'ilgan birinchi o'yinchidir.
Fikrlar