"Tottenxem" ustozi Keyn bilan bog'liq holat haqida nimalar dedi?

Sherzod Nurmatov
5 avg 2021, 20:11
London klubi bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu hujumchi Xarri Keyning boykoti haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi tatildan keyin "Tottenxem" mashg'ulotlariga qaytishdan bosh tortdi va o'zini sotishlarini so'radi.

"Men Xarri bilan gaplashib ko'rmoqchiman. Hozircha buning iloji topilmadi. Avval barcha muammolarga shaxsan echim topishimiz, keyin matbuotga buni ochiqlashimiz kerak. Holatni izohlamayman demayman, shunchaki vaziyat o'rtamizda muhokama qilinishi lozim. Hali buni ommaviy ravishda muhokama qilmaslikka chaqiraman. Klub ichida bir qarorga kelib olishga urinamiz", – dedi Nunu.

Oldinroq "Tottenxem" Keynni 176 million evro evaziga Angliyadan tashqaridagi jamoaga sotishga tayyorligi ma'lum qilingan edi, ammo u uchun asosiy da'vogar – "Manchester Siti".

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports