"Tottenxem" Sessenon bilan kelishib oldi
22 iyu 2019 15:32
Yangiliklar


"Tottenxem" Sessenon bilan kelishib oldi
"Fulxem"ning 19 yoshli yarim himoyachisi Rayan Sessenon faoliyatini "Tottenxem"da davom ettiradi.
Transfer "shporlar" uchun 20 million funtga tushadi. Futbolchiga "Manchester Yunayted" klubidan ham qiziqish bo'lgan edi.
Futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 6ta assistga erishgan.
Rayan hozirda Angliyaning 19 hamda 21 yoshgacha bo'lgan terma jamoalarida o'ynab kelmoqda.
U 2017 yilda Euro U-19 musobaqasida g'olib bo'lgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar