"Tottenxem" sardori "Lacio"ga o'tishga yaqin
11 avg 2023 15:55
Yangiliklar
"Tottenxem" sardori "Lacio"ga o'tishga yaqin
"Lacio" "Tottenxem" va Franciya termasi kiperi Ugo Loris bo'yicha taklif yubordi.
Futbolchining o'zi ham transferga rozi. Londonda ortiq franciyalik darvozabonga ishonch bildirilmayapti, Rimda esa "burgutlar" ustozi Mauricio Sarri bu transferni shaxsan o'zi so'ragan. Bu transferda "Lacio" CHempionlar Ligasida ishtirok etishi ham muhim rol o'ynaydi.
Lorisning "Tottenxem" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan. 36 yoshli golkiper "shporlar" safiga 2012 yil "Lion"dan ko'chib o'tgan. Ugo 447 o'yinda maydonga tushib, 151 ta bahsda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. O'tgan mavsum sardor 31 marta maydonga tushdi, 45 ta to'p o'tkazib, 9 bor gol o'tkazmadi.
"Transfermarkt" portali jahon chempionini 3 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида учталикка киради"
Fikrlar