"Tottenxem" prezidenti Konte istefosi ortidan bayonot bilan chiqdi
28 mar 2023 10:58
Yangiliklar
"Tottenxem" prezidenti Konte istefosi ortidan bayonot bilan chiqdi
Funkcioner barchani birlashishga chaqirdi.
"Tottenxem" prezidenti Deniel Levi bosh murabbiy Antonio Kontening istefosidan so'ng bayonot berdi.
"Premer-ligada 10 ta o'yinimiz qoldi va biz CHempionlar Ligasi yo'llanmasi uchun kurashishimiz kerak. Hammamiz birlashishimiz lozim. Klubimiz va uning fidoyi muxlislari uchun eng yuqori natijani taminlash uchun hamma qo'lidan kelganini qilishi darkor", – deya munosabat bildirdi funkcioner "shporlar" rasmiy saytiga.
"Tottenxem" so'nggi 10 yil ichida haydalgan murabbiylarga qancha pul sarf etgani aytilgan edi.
Fikrlar