"Tottenxem" o'yinchisi jamoadan ketishi mumkin
21 avg 2019 15:18
Yangiliklar


"Tottenxem" o'yinchisi jamoadan ketishi mumkin
"Tottenxem" yarim himoyachisi Viktor Vanyama "Bryugge" futbolchisiga aylanishi mumkin.
Xabarlarga qaraganda jamoaga Tangi Ndombele kelganidan so'ng, uning boshlang'ich tarkibda tushishi qiyinlashib qoldi.
Futbolchiga "Bryugge"ning CHempionlar Ligasida ishtirok etishi mumkinligi qiziqtirmoqda. Belgiya klubida o'yinchini sotib olish uchun pul bor.
28 yoshli Viktor Vanyama joriy mavsumda hali maydonga tushmadi. U o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.
Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi "shporlar" safiga 2016 yilda "Sautgempton" klubidan kelib qo'shilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar