"Tottenxem" "Norvich" futbolchisi uchun 15 mln funt taklif qildi
05 jan 2020 23:38
Yangiliklar


"Tottenxem" "Norvich" futbolchisi uchun 15 mln funt taklif qildi
Aarons faoliyatini "shporlar" safida davom ettirishi mumkin.
"The Sun" nashri xabariga ko'ra, "Norvich"ning o'ng qanot himoyachisi Maks Aarons "Tottenxem" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Londonliklar jamoaning o'ng qanot himoya chizig'ini mustahkamlash ustida jiddiy bosh qotirmoqdalar. 20 yoshli angliyalik futbolchi joriy mavsumda namoyish etayotgan yorqin o'yin "shporlar" jamoasi mutasaddilari, xususan, bosh murabbiy Joze Mourinyuning diqqatini jalb qilgan. "Tottenxem" fulbek uchun 15 million funt taklif qilgan va tomonlar o'zaro muzokaralarni boshlab yuborishgani aytilmoqda.
Malumot uchun, Aarons Angliya chempionatining joriy mavsumida 19 uchrashuvda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar