"Tottenxem" murabbiyi Meyson: "Beyl - jahon darajasidagi o'yinchi, u buni bir necha yillar davomida isbotlagan"
03 may 2021 10:35
Yangiliklar
"Tottenxem" murabbiyi Meyson: "Beyl - jahon darajasidagi o'yinchi, u buni bir necha yillar davomida isbotlagan"
"Tottenxem"da bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Rayan Meyson APL 34-turi doirasidagi "SHeffild Yunayted" (4:0)ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etgan forvard Garet Beyl haqida gapirdi.
"Men doim Beylning vaziyatlar yaratish qobiliyatini yo'qotmaganini va yo'qotmasligini aytaman. U jahon darajasidagi o'yinchi va buni bir necha yillar davomida isbotladi.
Eng yoqimlisi uning jamoaga munosabati va sadoqati. Siz uning tavakkal qilishiga amin bo'lishingiz mumkin", - deydi Meyson.
Beyl joriy mavsum barcha musobaqalarda 30ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 3ta assist qayd etdi.
"Tottenxem" Angliya chempionati turnir jadvalida 56 ochko jamg'argan holda jadvalda 5-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar