"Tottenxem" Konte qo'l ostida APLning olti o'yinida mag'lub bo'lmadi
26 dek 2021 22:42
Yangiliklar
"Tottenxem" Konte qo'l ostida APLning olti o'yinida mag'lub bo'lmadi
"Tottenxem" APLning 19-turi doirasida "Kristal Pelas"ni mag'lub etdi (3:0).
"SHporlar" Antonio Konte qo'l ostida APLda oltita o'yin o'tkazib, to'rt marta g'alaba qozondi hamda ikkita durang o'ynadi. To'plar nisbati 12:3 ni tashkil etadi.
"Tottenxem" "Lids" (2:1), "Brentford" (2:0), "Norvich" (3:0) klublarini mag'lub etdi, "Everton" (0:0) va "Liverpul" (2:2) bilan esa ochkolarni bo'lishdi.
London klubi hozirda 16 o'yinda 29 ochko to'plagan holda APL turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.
Fikrlar