"Tottenxem" klub stadioni nomini sotishga yaqin
12 iyu 2021 18:08
Yangiliklar
"Tottenxem" klub stadioni nomini sotishga yaqin
"Tottenxem" prezidenti Deniel Levi klub stadioni nomini sotish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Bitim Angliya Premer-ligasining yangi mavsum startiga qadar yopilishi mumkin.
"Tottenxem Xotspur" stadioni ochilganiga ikki yildan ko'p vaqt o'tdi, ammo unda hali ham nom bo'yicha homiy yo'q.
Bu bitim koronavirus pandemiyasi fonida klub uchun ancha foydaga xizmat qilishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, "Tottenxem"ning 600 mln funtdan ortiq qarzi bor, shu sabab klub 1,2 mlrd funtga tushgan stadionning bir qismini qoplamoqchi.
Fikrlar