"Tottenxem" futbolchi sotib oladimi? Pochettino bu savolga javob berdi

Aslanov Jasurbek
1 avg 2018, 07:45
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning so'zlariga ko'ra, u klub yozda transfer amalga oshirishi yoki oshirmasligidan bexabar.

Eslatib o'tamiz, Angliyada transfer oynasi 9 avgust kuni yopiladi.

"Transfer bozori yopilguniga qadar yangi futbolchilar bilan shartnoma tuzamizmi yoki yo'q, bilmayman. Hozircha shuning ustida ishlayapmiz. Futbolchilarning soni yoki muddatni aniq ayta olmayman.

Transfer oynasi tez orada yopiladi, ammo klub sifatni oshirish, yangi futbolchilar xarid qilish uchun bor kuchini ishga solmoqda. Yangi mavsumda istaganimizga erishish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz" - deydi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC