"Tottenxem" Eriksenning maoshini 200 ming funtgacha oshirishga tayyor
13 avg 2019 17:24
Yangiliklar


"Tottenxem" Eriksenning maoshini 200 ming funtgacha oshirishga tayyor
"Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksenni tarkibda olib qolishga jiddiy bel bog'lagan.
Xabarlarga qaraganda, "shporlar" rahbariyati daniyalik futbolchining haftalik maoshini 80 mingdan 200 ming funtgacha ko'tarmoqchi.
"Yuventus" o'yinchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil yozda yakuniga etgach, u bilan shartnoma imzolamoqchi edi.
Bundan tashqari, Madridning "Atletiko" klubi ham Eriksenni o'z tarkibiga qo'shib olishi mumkinligi haqidagi xabarlar yangragan edi.
Futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 49ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 13ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar