"Tottenxem" Auarni nishonga oldi
20 avg 2021 17:52
Yangiliklar
"Tottenxem" Auarni nishonga oldi
"Lion" yarim himoyachisi Ussem Auar faoliyatini Angliya chempionatida davom ettiradi.
O'yinchiga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda. "SHporlar" franciyalik futbolchini transfer oynasidagi bosh maqsad sifatida ko'rmoqda. Klub oldinroq "Tottenxem"dan ketish xohishini bildirgan Tangi Ndombeleni "Lion"ga taklif qilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Auar "Lion" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu mavsum Liga 1 doirasida ikkita o'yinda maydonga tushdi. Uning klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Ndombele 2017-2019 yillarda "Lion"da o'ynagan va shundan so'ng "Tottenxem"ga 60 million evro evazigan o'tgan edi. Uning londonliklar bilan shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar