"Tottenxem" Angliya terma jamoasi sobiq darvozaboni bilan kelishuvga erishdi
25 may 2022 02:18
Yangiliklar
"Tottenxem" Angliya terma jamoasi sobiq darvozaboni bilan kelishuvga erishdi
"Sautgempton" darvozaboni Freyzer Forster "Tottenxem"ga o'tadi.
Darvozabon London klubiga tekinga tushadi, chunki uning "avliyolar" bilan kelishuvi kelasi yozda tugaydi. Transferni yakunlash uchun Forster tibbiy ko'rikdan o'tsa bo'lgani.
34 yoshli Forster joriy mavsumda "Sautgempton" safida barcha musobaqalar doirasida 24 ta o'yinda maydonga tushdi va 44 ta gol o'tkazib yubordi. U 2013-2017 yillarda Angliya terma jamoasi uchun 6 ta o'yinda ishtirok etgan va darvozasidan 7 ta to'p olib chiqqan.
Fikrlar