Toshkentga kelgan BAA hujumchisi oxirgi uch o'yinda darvozaga umuman aniq zarba bermadi
14 okt 16:41
Yangiliklar
Toshkentga kelgan BAA hujumchisi oxirgi uch o'yinda darvozaga umuman aniq zarba bermadi
Ertaga, O'zbekiston terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida BAAga qarshi maydonga tushadi.
BAA safida O'zbekistonga kelgan 21 futbolchi orasida eng ko'p gol urgan futbolchi bu Kayo Kanedo hisoblanadi. "Al Vasl"ning 34 yoshli hujumchisi terma jamoa safida 48 ta o'yin o'tkazgan va 9 ta gol urgan.
Ammo JCH-2026 saralashi doirasidagi oxirgi uchta o'yinda Kayoning statistikasi juda ham achinarli: 3 ta o'yin, 0 ta gol, 0 ta aniq zarba!
Malumot uchun, Kayo bu mavsum o'z klubi safida hozirgacha 6 ta o'yin o'tkazdi va 3 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Kayo Kanedoning terma jamoadagi oxirgi uchta o'yini:
Qatar - BAA
0 ta noaniq zarba
0 ta aniq zarba
BAA - Eron
1ta noaniq zarba
0ta aniq zarba
BAA - KXDR
0 ta noaniq zarba
0 ta aniq zarba
Fikrlar