So’nggi yangiliklar

04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  1 04:22Баҳром Ҳайдаров: "Мураббий сифатида уларни айблай олмайман"  1 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверде 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  101 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  2 00:20Эндрю Робертсон Испания клубига ўтишга рози бўлди  1 23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0 23:23Элдор Мойлиев: "2003-2004 йилда туғилган футболчини ёш ҳам деб бўлмайди"  0 23:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Видад Касабланка"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов ўйнамади  35 22:30Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" пенальтилар сериясида "Қўқон-1912"ни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди  15 21:58U21 биринчилиги. Дербида "Пахтакор" ғолиб, "Навбаҳор" Қаршида ғалабага эришди ва бошқа натижалар (+ЖАДВАЛ)  2 21:54Бўш стадионлар борасидаги эътирозлар фонида ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ чипталари сотуви жуда яхши кетаётгани ҳақида хабар берди  2 21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  1 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  4 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   12 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1

Toshkentdagi musobaqa, Otabek Valijonov va Sirojiddin Rahmatullaevni tanishi va futboldagi pul haqida. Bangladeshlik himoyachi bilan intervyu Yangiliklar

Toshkentdagi musobaqa, Otabek Valijonov va Sirojiddin Rahmatullaevni tanishi va futboldagi pul haqida. Bangladeshlik himoyachi bilan intervyu

U-23 Osiyo chempionati saralashi doirasida Timur Kapadze shogirdlari ikkinchi turda Bangladeshni yirik hisobda mag'lub etdi.

Darhaqiqat maydonda shu kuni ikki mamalakat futbolidagi daraja yaqqol ifodasini topdi. Futbolchilarning mahorati va texnikasi borasida ham bizning yigitlar raqibdan ustun ekanliklarini ko'rsatishdi. Yakunda bu hisobda ham akst etdi, 6:0. Ushbu uchrashuvdan so'ng Bangladesh olimpiya terma jamoasi himoyachisi Rahmat Miani suhbatga chorladik. Odatda biror xalqaro uchrashuvda raqib jamoa azosining fikrlari doim qiziq chiqadi, undan futbolimiz haqida ham so'rab olish imkoni bo'ladi. 

- Saralash bahslari dastlab Quvayt mamlakatida o'tishi ko'zda tutilgandi. Lekin yakunda mezbonlik O'zbekistonga berildi. Moslashish va musobaqa haqida fikrlaringizni bildirsangiz...

- Musobaqada raqobat yaxshi. Muhit ham yomon emas. Garchi Toshkentda sovuq havo hukmronlik qilayotgan bo'lsada, moslashib oldik. Turnir Quvaytda o'tganida yaxshi bo'lar edi. CHunki biz issiq iqlimga moslashganmiz. Umuman olganda hammasi ko'ngildagidek. 

- O'zbekiston bilan o'yinda daraja, mahoratdan tashqari yana qanday farqlar asosiy planga chiqdi?

- Ha, bir nechta aniq farqlar ko'zga tashlandi. Bizda 8-9 yoshdagi bolalar to'pni yaxshi to'xtatishni va aldab o'tishni bilishmaydi. SHunda muammolar bor. O'zbekistonda yaxshi klublar bor, akademiyalarga ega. O'ylaymanki bizda ham kelajakda yaxshi futbolchilar etishib chiqadi. Bizning mamlakatimiz o'zgarmoqda, rivojlanish bosqichida. Ichki chempionatimiz oldingiga qaraganda kurashchanroq. 

- Toshkentda o'tayotgan turnirdagi tashkilotchilik, yaratib berilgan sharoitlar borasida fikringiz qanday?

- Tashkilotchilik juda yaxshi. Qolgan narsalar esa rasmiyatchilik. SHu bois ortiqcha to'xtalmoqchi emasman. 

- Bilamizki, Bangladesh chempionatida bir necha nafar o'zbekistonlik futbolchilar to'p tepadi. Ularning qay birlarini taniysiz?

- Ha, bu haqida bilaman. Masalan Sirojiddin Rahmatullaev, Otabek Valijonov. Ular yaxshi saviyadagi futbolchilar. Sirojiddin bilan o'tgan mavsumda birga o'ynadik. U meni jamoada askar, deb chaqirardi (kuladi). 

- Saviya haqida gapirdingiz. Bangladesh chempionatining saviyasi O'zbekistonnikidan yuqori emas. Lekin so'nggi yillarda katta pullar evaziga xorijlik futbolchilarni qiziqtira olyapti. Kuchli murabbiylar ham Bangladesh klublarida faoliyat olib bordi. Belgiyalik Pol Pot, Reza Parkash va hokazo. Demak bugungi kunga kelib katta pul saviyani ham ortda qoldiryapti...

- Aslida futbolda pul muhim hisoblanadi. Bangladeshda yuqori maosh hisobiga ko'plab yaxshi futbolchilarni taklif qilishmoqda. Bizning ligamizga kuchli futbolchilar kelsa, mahalliy o'iynchilar ham o'sishga erishadi. 

- O'zbekiston safida Bangladeshga muammo tug'dirgan futbolchi kim bo'ldi?

- Menimcha oltinchi raqamdagi (Timur Mamasidiqov) futbolchini ayta olaman. Haqiqatdan ham maydonda ancha faol harakat qildi. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика