So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  0 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  3 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

Toshkentda "PRO" diplomi bo'yicha xalqaro murabbiylik kurslari boshlandi Yangiliklar

Toshkentda "PRO" diplomi bo'yicha xalqaro murabbiylik kurslari boshlandi

O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan yurtimizdagi futbol murabbiylarining malakasini oshirish, murabbiylik faoliyatini rivojlanitirish bo'yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, kecha "CHig'atoy" sport bazasida OFK dasturi asosida "PRO" diplomi uchun xalqaro murabbiylik kurslari boshlandi. O'quv kurslarining ochilish marosimida O'FA bosh kotibi Sardor Rahmatullaev, PFL bosh direktori Omon G'ofurov, FIFA instruktorlari  Garri Filips va Badr Ahmad, shuningdek, boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etishdi.

"O'zbekistonga yana tashrif buyurganimdan xursandman. FIFA instruktori sifatida yurtingizga uchinchi marta kelishim. O'FA tomonidan ushbu xalqaro o'quv kurslarini o'tkazishda ko'rsatilayotgan yordam uchun katta minnatdorchilik bildirib o'tmoqchiman. Men bu erga shundoq ham o'z ishini ustasi bo'lgan murabbiylarni o'qitish uchun emas, shunchaki o'z bilimlarim bilan o'rtoqlashish uchun kelganimni ham takidlab o'tmoqchiman", - dedi Garri Filips ochilish marosimida so'zlagan nutqida.

"Men ham O'zbekistonga uchinchi marta kelishim. Lekin FIFA instruktori sifatida birinchi marta tashrif buyurdim. Menga O'zbekistonda bo'lish juda yoqadi. Bu erda hamisha ajoyib muhit hukmron. Men O'zbekistonning turli terma jamoalari ishtirokini doimo kuzatib boraman", - dedi Badr Ahmad.

"PRO" diplomi uchun o'tkazilayotgan xalqaro murabbiylik kurslarida Ro'ziqul Berdiev, Ulug'bek Baqoev, Jafar Irismetov, No'mon Hasanov, Jasur Abduraimov, Hamid Aktamov kabi mashhur mutaxassislar ishtirok etishayotganini takidlab o'tish zarur.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика