So’nggi yangiliklar

11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  0 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  38 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3

Toshkentda maydon muammosi Yangiliklar

Toshkentda maydon muammosi

Sifatli futbol uchun sifatli maydon kerak.

1-19 iyun kunlari O'zbekiston U-23 Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Jami 4ta stadionda 32ta uchrashuv o'tkazildi. "Bunyodkor" va "Paxtakor" 19 kun ichida 9tadan o'yinni qabul qilgan bo'lsa, "Lokomotiv" stadioni 11 kunda 8ta, Qarshidagi "Nasaf" markaziy o'yingohi esa bir haftada 6ta bellashuvga mezbonlik qildi.

Musobaqani yaxshi o'tkazib oldik. U-23 terma jamoamiz finalga qadar borib, muxlislarga xushkayfiyat ulashdi. Anchadan beri berma jamoaga bu qadar yuqori qiziqishni ko'rmagandik. Osiyo chempionati yakuniga etgach, Superliganing 2ta turi o'tkazilib, shu bilan jamoalar birinchi davrani yakunlab yozgi tanaffusga chiqishdi. 

Avgust oyi boshida ikkinchi davraga start berildi va shu bilan birga maydon muammosi ham yuzaga chiqdi. Hozir Toshkentda maza qilib futbol o'ynasa bo'ladigan yaxshi maydon qolmadi hisob. Balki "Paxtakor" maydoni hamon o'z holatini saqlab turgandir, lekin "Lokomotiv" va "Bunyodkor" maydonlari haqida bunday deb bo'lmaydi. 

PFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev o'z telegram kanaliga "Bunyodkor" maydonining bugungi suratini qo'ydi. CHim butkul olib tashlangan, aftidan yana yangi chim yotqiziladi, bu degani kamida bir yilga maydon ketdi. SHuning uchun ham bugun bo'lib o'tadigan "Bunyodkor" - "Qizilqum" uchrashuvi "Lokomotiv" stadionida o'tkaziladi.

Foto manbasi: Diyor Imomxo'jaev telegram kanali


"Lokomotiv" maydoni o'tgan yil CHempionlar ligasi SHarq mintaqasi o'yinlaridan jabr chekkandi. O'shanda ham ketma-ket 8tacha uchrashuv o'tkazilgandi. Oradan bir yil o'tib U-23 Osiyo chempionati o'yinlarini qabul qildi. Maydonga deyarli dam berilmadi. SHuning uchun hozirgi paytda maydon holatini ideal deb bo'lmaydi. 

Toshkentda yana bir yaxshi stadion bor: maydoni ideal holatda bo'lgan (faqat hozir emas) TTYMI stadioni. Afsuski, bu stadion maydonini ham maqtab bo'lmaydi. U-21 birinchiligidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qizilqum" uchrashuvi 4 avgust kuni shu erda bo'lib o'tishi lozim edi, biroq maydon tufayli o'yin Qibraydagi stadionga ko'chirildi. 

Kecha "Lokomotiv-W" ayollar jamoasi majburan "So'g'diyona-W" bilan uchrashuvni CHig'atoy stadionida o'tkazdi. Vaholanki, "Lokomotiv-W" qizlari ham Oliy liga uy uchrashuvlarini TTYMIda o'tkazib kelayotgandi. 

"Lokomotiv" maydoni hozirgi holatda


Albatta, birgina U-23 Osiyo chempionati sabab maydonlar birdaniga yomon holatga kelib qoldi deyish biroz noto'g'ri. Lekin musobaqa shuni ko'rsatdiki, bizning stadionlar qisqa vaqt ichida ketma-ket o'yinlarni qabul qilishga tayyor emas ekan. 

P.S. Kelasi yil O'zbekiston yana bir musobaqaga mezbonlik qiladi. Bu safar U-20 Osiyo chempionati bizda o'tkaziladi. Musobaqa kunlari dahshat: 1-18 mart. Bu Osiyo chempionati jahon chempionatiga yo'llanma beradi (4ta kuchli jamoa chiqadi). Martning boshida maydonlarimiz qay holatda bo'lishini bir tasavvur qilib ko'ring-a. 

Xayrulla Xoliqov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика