So’nggi yangiliklar

09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  0 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  1 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  1 07:56ЦСКА тасдиқлади  5 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  3 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  0 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  50 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  4 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  1 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарийси бошқача кечиши мумкин эди"   1 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  1 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2

Toshkent viloyati derbisida Dilmurod Karimov maydonga tushmaydi Yangiliklar

Toshkent viloyati derbisida Dilmurod Karimov maydonga tushmaydi

Mamlakat chempionatining 19-turida Toshkent viloyati derbisi Bekobod shahrida bo'lib o'tadi. Mazkur uchrashuvni poytaxtlik Dmitriy Pislegin boshchiligidagi hakamlar brigadasi boqarib boradi.

Bu Pisleginning shu yil hisobida “Metallurg” ishtirokidagi birinchi uchrashuvni boshqarishi bo'ladi. Mazkur uchrashuvda “Metallurg”ga jamoa pleymeykeri Dilmurod Karimov yordam bera olmaydi. U sariq kartochkalarning to'planib qolganligi bois maydonga tushmaydi.

Bu yil birinchi davrada Olmaliqda bo'lib o'tgan uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida g'alaba qozonishgandi. Doniyor Ismoilov hamda Farhod Tojievlarning gollari “Olmaliq”qa muhim 3 ochkoni taqdim etgandi.

“Olmaliq” jamoasiga qarshi birinchi davrada zahiradan maydonga tushgan SHohnazar Norbekov ikkinchi davradan etiboran olmaliqliklar safida to'p surayapti. Bu turda u sobiq jamoadoshlariga qarshi maydonga tushishi kutilmoqda.

Poytaxt viloyati jamoalari derbisi 2008 yildan boshlangan. O'tgan davr mobaynida poytaxt viloyati vakillari bir birlariga qarshi 17 ta o'yinda ro'baro' kelishgan. Ustunlik “Olmaliq” jamoasi tomonida. Konchilar o'tkazilgan o'yinlarning 9 tasida zafar quchishgan bo'lishsa, metallurgchilar 7 ta uchrashuvda muvaffaqiyat qozonishgan. Faqat 1 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi 36:32, “Olmaliq” jamoasi foydasiga.

Mazkur jamoalarning to'qnashuvida olmaliqlardan eng ko'p gol kiritgan o'yinchi Mo'ydin Mamazulimov bo'lib turibdi. Uning hisobida 6 ta gol bor. Bekobodliklar hujumchisi Zohid Abdullaev esa raqiblari darvozasini 5 marta ishg'ol etgan.

Bekoboddagi uchrashuvlarga to'xtaladigan bo'lsak ularning faqat bittasida durang natija qayd etilgan. Qolgan 7 o'yin bekobodliklarning g'alabasi bilan intiho topgan.

Oxirgi turda G'uzorda “SHo'rtan”ga imkoniyatni boy berib qo'ygan “Metallurg” futbolchilari poytaxt viloyati derbisiga jiddiy tayyorgarlik ko'rayapti.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика